TOShKENT, 3 okt — Sputnik, Lev Rijkov. Moskvadagi Kinoijodkorlar markaziy uyida O‘zbek kinosi kunlari boshlandi. O‘zbek filmlari 6 kun davomida namoyish etiladi. Rossiyalik tomoshabinlar e’tiboriga “O‘zbekkino” kinostudiyasi tomonidan ishlagan ham klassik, ham eng yangi filmlar havola qilinadi. 3-oktabr kuni Qozon shahrida filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbek kinosi kunlari ochilish marosimida “Issiq non” filmi yulduzi, “Kinoshok”ning eng yaxshi ayol roli sovriniga ega bo‘lgan Feruza Saidova ham ishtirok etdi. “Issiq non” filmida u Norgul – eri tirik bo‘la turib beva qolgan ayol (eri Rossiyaga ishlashga ketib, o‘sha yerda uylangan) rolini ijro etgan. Saidova qahramoni oilasini boqish uchun o‘zini ayamaydi.
“Men Norgul obrazi bilan O‘zbekistonning barcha ayollarini ko‘rsatib berishga urindim, - dedi Sputnik nashriga bergan intervyusida Feruza Saidova. – Men tomoshabin ayollar oilasi va farzandlari uchun nimalar qilmasligini anglashlarini, ular har kuni qiladigan muhim, lekin ko‘rinmas bo‘lgan ishlarni ko‘rsatishni xohladim. Axir bu ko‘rinmas ishlar zamirida oila kun ko‘radi. Norgul butun dunyoga: “Ahvolim yomon! Yordam bering!” deya jar solmaydi. U qo‘lidan kelgan ishlarni qiladi. U hech narsa qaramasdan farzandlari ro‘zg‘or nima ekanini bilishlarini xohlaydi”.
Feruza Saidovaning taqdiri u gavdalantirgan qahramon taqdiriga juda o‘xshab ketadi: “Issiq non”da Norgul barcha havaslaridan voz kechgan, aktrisa esa bir vaqtlar qator nufuzli kino loyihalariga rad javobini bergan.
“Mening ikkita kichik yoshdagi farzandim bor edi – o‘g‘lim va qizim, - deya hikoya qiladi Feruza. – Hozir ular, albatta, ulg‘ayishgan, lekin ular kichkina bo‘lgan vaqtlarida men filmga suratga tushishdan bosh tortganman Axir men o‘zbek ayoliman-ku. Oila men uchun birinchi o‘rinda. Hozir ham hamma loyihalarga rozilik bermayman. Men uchun yaxshi dramaturgiya muhim. Ikkinchisi professial jamoa bo‘lish shart. Men hamisha so‘rayman: kim liboslar bo‘yicha rassom, kim operator? Yoshlarga ishonaman, lekin bu insonlar o‘z ishining ustasi ekanini bilishim zarur”.
“O‘zimni komediya va jangari filmlarida ham sinashni istardim, - deydi Feruza Saidova. – Ilgari bu kabi filmlarda rol ijro etish imkoniyatim yo‘q edi. Lekin aktrisa sifatida o‘zimni turli janrlarda sinashni xohlayman”.
Eng yangi tarixda ilk bor
O‘zbek kinosi kunlari ochilishiga turli tomoshabinlar tashrif buyurdi: Moskvada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar, kino sohasida tahsil olayotgan talabalar, kino ishqibozlari.
“O‘zbek kinosi kunlari eng yangi tarixda ilk bor bo‘lib o‘tmoqda, - dedi Sputnik nashriga O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixona vakili Zokir Zoitov. – Oxirgi o‘zbek kinosi festivali bundan ancha oldin – 80-yillar oxirida bo‘lib o‘tgandi. O‘shandan buyon bu singari namoyishlar bo‘lmagandi. Bu ikki tomonlama madaniy hamkorligidagi ajoyib voqea va yangi qadam”.
Festival davomida Rossiya kinematografik tashkilotlari va yirik kinokompaniyalar bilan madaniy hamkorlik to‘g‘risida qator bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
“Mosfilm kinostudiyasi bilan birgalik kino ishlash va renovatsiya va modernizatsiyada “Mosfilm” integratsiya tajribasi masalalarini muhokama qildik, - deya ma’lum qildi Sputnik nashriga “O‘zbekkino” milliy agentligi xalqaro bo‘limi rahbari Umid Zununov. - “O‘zbekkino” kinostudiyasi hozirda rivojlanmoqda, yangi studiyalar qurilmoqda, eskilari yangi jihozlar bilan ta’minlanmoqda. Biz bu borada “Mosfilm”ga tajribasiga tayanish mumkin yoki mumkin emasligini muhokama qildik.
“O‘zbekkino” vakili amaliy masalalar ham muhokama qilingani ma’lum qildi. Masalan, “O‘zbekfilm” mutaxassislarining “Mosfilm”da amaliyot o‘tkazish imkoniyati. “Ikkinchi darajali” mutaxassislar rejissor yordamchilari, grim ustalari, liboslar bo‘yicha ustalarning stajirovkalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, delegatsiya Butunrossiya davlat kinematografiya institutiga (VGIK) tashrif buyurib, oliygoh rektori va talabalari bilan suhbatlashdi.
Rossiya “Gosfilmofond”i bilan shartnoma imzolash kutilmoqda. Unga ko‘ra O‘zbekistonga turli yillarda “O‘zbekkino” suratga olgan raqamli kinotasmalar nusxasi topshiriladi, dedi Umid Zununov.
“Ushbu filmlar ro‘yxati joriy yilning boshida tuzilgan edi, - deydi Umid Zununov. Ro‘yxatdan 300 dan ortiq kartinalar o‘rin olgan. Biz umid qilamizki, Rossiya tomoni raqamli nusxalarni bepul taqdim etadi.