O‘zbekcha “Kinoshok” yoki Umid Hamdamov “Issiq non” haqida nima dedi

Obuna bo‘lish
MDH kinochilari festivalida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik rejisser Umid Hamdamov bilan suhbat.

TOShKENT, 19 sen - Sputnik. XXVIII “Kinoshok” festivalining bosh sovrini o‘zbekistonlik rejisser Umid  Hamdamovga berildi. Festival g‘olibi Sputnik muxbiriga ushbu kartinani suratga olish vaqtida duch kelgan qiyinchiliklar haqida hikoya qilib berdi.

Film

“Issiq non” filmi hayotda bo‘lgan voqealarga asoslangan. Undan ota-onasi tirik bo‘la turib maktab-internatga tushib qolgan qizcha haqida hikoya   qilib beradi. Ushbu voqea rejisser ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan, uning qahramonlari bilan rejissor shaxsan uchrashgan. Kartinadagi bosh qahramon – turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ketib qaytib kelmagan yosh ayol – uning qarindoshi. Ushbu ayol rolini o‘ynagan o‘zbek aktrisasi – Feruza Saidova, “Kinoshok”da eng yaxshi ayol aktrisa sovriniga munosib deb topildi.    

“U ayol tinchgina hayot kechiradi, - deydi Umid Hamdamov. – U dorivor o‘tlarni yig‘ib sotadi, har kuni non yopib magazinga topshiradi, zorlanmay oilasini boqib yashamoqda. Turmush o‘rtog‘i yo‘q, u Rossiyaga ketib o‘sha yerda uylangan. Albatta, orqaga qaytmaydi. Ayol buni biladi, u endi faqat bolalari uchun yashamoqda. Shunday yashash bizning ayollarimizning qonida bor”.   

O‘zbek kino ijodkorlari orasida Umid Hamdamov birinchilardan bo‘lib ushbu dolzarb muammoni ko‘tarib chiqdi. Shu vaqtga qadar chet ellarga ishlash uchun chiqib ketayotgan  erkaklar tufayli oilalar buzilayotgani haqida oldin hech kim gapirmas edi.

Uzbekskiy film vzal glavniy priz na mejdunarodnom kinofestivale - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi kinofestivalda O‘zbekiston filmi Gran Pri sohibi bo‘ldi

“Bu jiddiy ijtimoiy muammo, - deydi rejisser. – Qariyalar va bolalardan tashqari birorta ham erkak qolmagan qishloqlarni men o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman”.  

“Issiq non” filmidagi voqealar ham ana shunday qishloqlardan birida sodir bo‘ladi. Ushbu film haqida qiziq faktlardan biri – unda umuman erkaklar yo‘q. Onda – sonda paydo bo‘ladigan yosh bola va aqli zaif o‘smirdan tashqari. Erkaklar yo‘g‘ida oila boshlig‘i vazifasini bosh qahramonning buvisi bajaradi. U oila hayotini an’anaviy urf-odatlar va qattiqo‘l qoidalarga asosan boshqaradi. O‘smir qizaloq esa bunga qarshi ison ko‘taradi.

© k/f "Gorachaya lepeshka"Kadr iz filma "Gorachaya lepeshka"
Kadr iz filma Gorachaya lepeshka - Sputnik O‘zbekiston
1/3
Kadr iz filma "Gorachaya lepeshka"
© k/f "Gorachaya lepeshka"Kadr iz filma "Gorachaya lepeshka"
Kadr iz filma Gorachaya lepeshka - Sputnik O‘zbekiston
2/3
Kadr iz filma "Gorachaya lepeshka"
© k/f "Gorachaya lepeshka"Kadr iz filma "Gorachaya lepeshka"
Kadr iz filma Gorachaya lepeshka - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Kadr iz filma "Gorachaya lepeshka"
1/3
Kadr iz filma "Gorachaya lepeshka"
2/3
Kadr iz filma "Gorachaya lepeshka"
3/3
Kadr iz filma "Gorachaya lepeshka"

Umid Hamdamovning o‘zi ham ushbu film sujeti Aleksandr Ostrovskiyning “Chaqmoq” pyesasiga o‘xshab ketishini tan oladi. Masalan, bosh qahramonning buvasi – bu Ostrovskiyning Kabanixasi, isonchi o‘smir esa– Katerina.

Film Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Jizzax viloyatida suratga olingan. Eng so‘nggi sahnalar esa Jizzax viloyatida Aydarko‘l bo‘yida suratga olingan. Film atigi bir oy ichida suratga olingan.  

Rejissor

Umid Hamdamov 38 yoshda, u Navoiy shahrida tug‘ilgan, Davlat san’at va madaniyat institutini bitirib, ommviy tadbirlar postanovkachisi va teatrda ham aktor sifatida ishlagan.

“Men har doim kino yaratishga qiziqqanman, – deydi rejisser. – Menimcha, teatrda tomosha ikki soatdan keyin tugaydi va tomoshabin uni esidan chiqarib yuboradi. Men esa uzoqroq davom etadigan va esda qoladigan narsa yaratmoqchi edim. Keyinroq aktor bo‘ldim vanihoyat rejissorga aylandim”.

© Taalaybek KulmendeyevRejisser Umid Xamdamov i prezident Sentralno-Aziatskaya akademiya kinematograficheskix iskusstv "Ak ilbirs" Taalaybek Kulmendeyev
O‘zbekcha “Kinoshok” yoki Umid Hamdamov “Issiq non” haqida nima dedi - Sputnik O‘zbekiston
Rejisser Umid Xamdamov i prezident Sentralno-Aziatskaya akademiya kinematograficheskix iskusstv "Ak ilbirs" Taalaybek Kulmendeyev

"Issiq non" filmining nomi noto‘g‘ri tarjima qilingan. Originalida aslida Sugnon, ya’ni - o‘choq. Ushbu nom uning asl mohiyatini yaxshiroq tushuntirib beradi. Filmni festivalga yuborish vaqtida kimdir uning nomini so‘zma-so‘z “Issiq non” deb tarjima qilgan va ushbu nom hamma joyda e’lon qilingan. Men uni namoyish qilishdan oldin tomoshabinlarga uning asl nomi - ”O‘choq” deb e’lon qildim, deydi rejisser.  

Nima bo‘lsa ham boshida aralash-quralash bilan boshlangan jarayon oxiri bir necha nufuzli sovrinlar bilan tugadi. Gran-pridan tashqari, film eng yaxshi ayol aktrisa va eng yaxshi musiqa nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb tan olindi.

Uzbekskiy rejisser Zulfikar Musakov - Sputnik O‘zbekiston
Zulfiqor Musoqov Rossiyada bosh sovrin olgan o‘zbek kinochilarini tabrikladi

“Toir Qo‘ziyev bizda juda mashhur musiqachi, men uning musiqalarini tez-tez eshitardim. Keyin bilsam, u Hindiston, Fransiyaga tez-tez borib u yerdagi musiqachilar bilan birga konsertlar berarkan. Dastlab, men uni taklif qilganimda, biz bir-birimizni yaxshi tushunmagan edik. Lekin 2,5 oy ichida biz birgalashib buni amalga oshirdik. Haqiqatdan ham musiqa ushbu filmga juda mos tushgan”, - deydi Hamdamov.

Kelajakda bundan 100-yil oldin bo‘lgan voqealar, xususan Abdulla Qodiriy hayoti haqida film suratga olmoqchiman, - deydi rejissor. – unga rossiyadan ham bir necha aktorlarni taklif qilishni rejalashtirmoqdaman. Kelasi yil kuzda ushbu filmni taqdim etamiz deb o‘ylayman.

Bosh hakam

Ma’lumki, “Kinoshok” festivalining bosh hakami Yusuf Roziqov edi. U kishi ham o‘zbekistonlik, lekin kartina Gran-Pri olishiga “milliy birdamlik” sabab bo‘lmagan.

- Boshida o‘z vatandoshim  filmini bosh sovringa tavsiya qilish menga biroz noqulaydek tuyuldi, lekin boshqa besh hakamdan to‘rttasi ushbu filmni olg‘a surishdi. Men bunday birdamlikni kutmagan edim, - dedi Roziqov festivaldan so‘ng.

Men bosh hakam sifatida ikkita ovozga ega edim, lekin “Issiq non” film uchun ular kerak bo‘lmadi. Umid Hamdamov filmi g‘olib chiqishining eng katta sababi – u hech qanday trend va brendlarga mos kelishga harakat qilmasdan, inson ruhiyati haqida samimiy film suratga olgan, ana shuning uchun g‘olib bo‘ldi, - deydi bosh hakam.

Yangiliklar lentasi
0