TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Qoraqalpog‘istonda Ma’lumotnoma evaziga paxta terdirmoqchi bo‘lgan MFY raisi jarimaga tortildi.
Mehnat vazirligi xabarida qayd etilishicha, Taxiatosh tumani “Aydin jol” MFY raisi B.A. kam ta’minlanganlik haqidagi ma’lumotnomani olish uchun kelgan fuqaroga ma’lumotnoma uchun terimga chiqish shartini qo‘ygan.
Ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganish natijasida haqiqatan qonun buzilganligi aniqlangan.
Mahalla raisi O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi bilan 6 690 000 so‘m miqdorda jarimaga tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq fuqarolarni paxta terishga majburlagan Bog‘ot tumani hokimiga jazo tayinlangani xabar qilingan edi.