IIV - malaka oshirishga kelgan xodimlar paxta yig‘im-terimiga jalb etilmaydi

© uznews.uzShevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV xabariga ko‘ra videolavha “ichki ishlar organlarini obro‘sizlantirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan”.

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, malaka oshirishga kelgan xodimlar paxta yig‘im-terimiga jalb etilishi haqidagi videoga rasmiy munosabat bildirdi. 

“Ushbu qisqa muddatli o‘quv yig‘inlarida tahsil olayotgan tinglovchilarni paxta yig‘im-terimiga jalb etish bo‘yicha biron-bir topshiriq berilmagan, bugungi kunda barcha tinglovchilar bilan rejalashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Mashg‘ulotlar 11-oktabrgacha davom etib, shundan so‘ng tinglovchilar tegishli viloyatlarga o‘z xizmat joylariga qaytarib yuboriladi”, - deyilgan IIV rasmiy xabarida.

Undan tashqari, IIV yozishiga ko‘ra, ushbu videolavha “ichki ishlar organlarini obro‘sizlantirish, xodimlar sha’niga putur yetkazish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan”. Ayni paytda o‘quv markazlarida yuqorida qayd etilgan holatlar bo‘yicha ichki surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha ijtimoiy tarmoqlarda IIV o‘quv markazida bir guruh xodimlarni o‘qishga deb chaqirib paxtaga olib ketilayotgani haqida videolavha tarqalgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0