XTV Farg‘onadagi maktabda o‘quvchilarning polda dars o‘tayotgani bo‘yicha munosabat bildirdi

© Sputnik / Pavel LisisinPustoy klass
Pustoy klass - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onadagi maktabda 1-sinf o‘quvchilarining polda dars o‘tayotgani aks etgan surat tarqalgan edi.

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Farg‘ona shahridagi 24-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning polda o‘tirgani aks etgan suratdagi holat viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat va shahar hokimiyati hamda boshqa tashkilot mutasaddilari tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabdagi barcha sinflarda darslar belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida o‘tilmoqda. O‘quvchilarga joy yetishmasligi muammosi yo‘q. 1-sinflarda ham odatdagi tartibda dars o‘tilmoqda.

Knijnaya yarmarka  - Sputnik O‘zbekiston
XTV maktab formasida kelmagan o‘quvchiga qanday jazo qo‘llash mumkinligini aytdi

Maktab direktori Ixtiyor Mamajonovning ta’kidlashicha, ta’lim muassasasida 2-oktabr kuni eski partalar yangilariga almashtirilgan. Yangilari qo‘yilguncha ayrim xonalarda partalar bo‘lmagan va internetda tarqalgan surat shu jarayonda olingan. Sinfda partalar 20 daqiqa davomida bo‘lmagan. Hozirda sinfxonalar parta va stullar bilan to‘liq ta’minlangan.

Ma’lumot uchun, 24-umumta’lim maktabi binosi 1973-yilda 1250 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. Maktab 2018-yilda Davlat investitsiya dasturi asosida mukammal ta’mirlangan. Barcha zarur o‘quv jihozlari va mebellar bilan to‘liq ta’minlangan. Ayni paytda maktabda 2635 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.

Yangiliklar lentasi
0