Islom - Rossiya tarixida chuqur ildiz otgan an’anaviy dinlardandir

© RuptlyMechet v g. Shali Chechenskoy respubliki
Mechet v g. Shali Chechenskoy respubliki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya aholisi orasida 2030-yilga qadar musulmonlar soni salkam 50 %ga oshib 30 million kishiga yetishi kutilmoqda.

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Shu kunlarda Sochida o‘tkazilayotgan “Valday” Xalqaro mulohazalar klubining XVI yillik kengashi doirasida "Rossiya va islom dunyosi: tomonlar ahamiyati va o‘zaro ta’siri" mavzuyida maxsus sessiya bo‘lib o‘tdi.

Islom – Rossiya tarixi va madaniyatida chuqur ildiz otgan an’anaviy dinlardan biri. Rossiya o‘z tarixi va madaniyatining islomiy tarkibini qadrlaydi va Islom hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan davlatdir.  

Klub yig‘ilishining ikkinchi kunida zamonaviy Rossiya uchun ayniqsa aktual bo‘lgan diniy ekstremizm va uning siyosatga ta’siri muammosi muhokama qilindi. Bunda radikalizm bilan kurashda islom siyosiy-huquqiy tafakkuri markazlarini jalb qilish zaruriyati ta’kidlab o‘tildi.

Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik O‘zbekiston
"Islom davlati" o‘z qo‘poruvchi guruhlarini Rossiya, Yevropa va Osiyoga tashlamoqda - ShHT

Tadbirda e’lon qilingan ayrim statistik ko‘rsatkichlarga o‘quvchilarimizning diqqatini qaratmoqchimiz.

Dindorlar soni bo‘yicha islom dini Rossiyada xristianlikdan keyingi o‘rinda bo‘lib, mazkur din namoyandalari mamlakatning deyarli barcha regionlarida istiqomat qiladi va ular 40 turdagi etnoslarga mansubdirlar.

Rossiyalik musulmonlarning aksariyatini - 90% - sunniylar, qolgan 10% ini shia mazhabi namoyandalari tashkil etadi.

Rossiya Federatsiyasi hududlarida ularning joylashuvi tahlil qilinganda, xususan, Shimoliy Kavkaz, Volga bo‘yi, Ural va Janubiy Sibir hududlaridagi ixcham joylashuv qayd etiladi.

Eng ko‘p musulmonlar yashaydigan Rossiya hududlari qatorida Tatariston, Boshqirdiston, Checheniston, Dog‘iston, Ingushetiya, Shimoliy Osetiya, Qabardin-Bolqor, Qorachoy-Cherkes, Adigey respublikalari o‘rin topgan.

O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, Rossiyada musulmonlar soni so‘nggi 80-yillik davrda quyidagi ko‘rsatkichlarga tenglashdi: 1937 yil - 5,9%, 1989 yil – 7,9%, 1994 yil – 8% va joriy 2019 yil bu ko‘rsatkich 12%ga teng bo‘ldi.

Prognozlarga ko‘ra, musulmonlar sonining o‘sish ko‘rsatkichlari 2019 yil 15-20 millionga, 2030-yil esa 30 million kishiga yetishi kutilmoqda.

Moskvadagi jome masjidi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada 1000 kishiga mo‘ljallangan masjid quriladi

Mamlakat bo‘ylab mavjud masjidlar soni 1991-yilga nisbatan deyarli 10 baravarga o‘sganligini kuzatish mumkin. Jumladan, 1991-yil ularning soni 870 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2015-yil bu son 8000 taga yetdi.

Rossiyada asta-sekinlik bilan o‘rta va oliy islom ta’limi shakllanmoqda. Hozirda RFda 80 dan ziyod musulmon diniy o‘quv yurtlari faoliyat yuritmoqda.

“Valday” Xalqaro mulohazalar klubi 2004-yilda tashkil topgan bo‘lib, avvaldan faoliyati butun dunyoga Rossiya to‘g‘risida ma’lumot berishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, hozirda butunjahon siyosiy va iqtisodiy muammolariga baho berish hamda yetakchi xorijiy ekspertlar ishtirokida jahon tizimi inqirozini oldini olish borasida qarorlarni qabul qilishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0