Usmonxon Alimov yana dunyoning eng nufuzli musulmonlar ro‘yxatidan joy oldi

© Mejdunarodniy press-klubUsmonxon Alimov - Predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana, muftiy
Usmonxon Alimov - Predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana, muftiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ummonda joylashgan Sultonlik Islomiy ctrategik tadqiqotlar markazi tomonidan shu yilning 30-sentabr kuni "Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni" ro‘yxati e’lon qilindi.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Ummonda joylashgan Sultonlik Islomiy ctrategik tadqiqotlar markazi tomonidan shu yilning 30-sentabr kuni "Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni" ro‘yxati e’lon qilindi.

Usmonxon Alimov vo vremya vizita v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Diniy idora muftiy Usmonxon Alimov lavozimdan ozod etilganini rad etdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bir necha yillardan buyon ushbu ro‘yxatdan joy olib kelmoqda.

Usmonxon Alimov – 1950-yili Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Buxorodagi “Mir Arab” madrasasi va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom oliy ma’hadida tahsil olgan. Uzoq yillar davomida Samarqand viloyatidagi “Imom Buxoriy” jome masjidida imom-xatib bo‘lib ishlagan. 2000–2006 yillari O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili bo‘lib xizmat qildi. 2006-yil 8-avgustda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy etib saylandi.

Reytingga rossiyalik UFC amaldagi chempioni Habib Nurmagomedov ham kiritildi.

Shuningdek, ro‘yxatdan Pokiston bosh vaziri Imran Xan, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov, Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov hamda futbolchi Muhammad Saloh o‘rin olgan.

The Muslim 500 reytingi har yili Ummon qirolligi islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0