Diniy idora muftiy Usmonxon Alimov lavozimdan ozod etilganini rad etdi

© Upravlenie musulman UzbekistanaUsmonxon Alimov vo vremya vizita v SShA
Usmonxon Alimov vo vremya vizita v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Usmonxon Alimov O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi lavozimidan ozod etildi.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov egallab turgan lavozimidan ozod qilinganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘zbekiston musulmonlar idorasi bu xabarni rad etdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Muftiy Usmonxon Alimov "Ramzan Qodirov" masjidi ochilishi marosimida ishtirok etadi

Sal oldin tarqalgan xabarlarga ko‘ra, muftiy Usmonxon Alimov bugun O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasida Bosh vazir Abdulla Oripiv boshchiligida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, uning viloyat vakilliklari xodimlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati ishtirokida o‘tkazilayotgan majlisda ishdan olingan.

Manbalarning xabar berishicha, hozirda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimida ishlab turgan Xayrulloh domla Turmatov muftiy etib tayinlangan.

 

Ayni vaqtda, O‘zbekiston musulmonlar idorasi muftiy Usmonxon Alimovning ishdan olinganligini rad etib chiqdi.

"Usmonxon Alimov hazratlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlamoqdalar.
Muftiy hazratlariga uzoq yillar mo‘min-musulmonlarimiz xizmatida bardavom bo‘lishlarini Alloh taboraka va taolodan so‘raymiz, deyilgan" idora xabarida 

Yangiliklar lentasi
0