Tojikiston fuqarolarini o‘ldirgan "FSB bandasi" a’zolariga sud hukmi e’lon qilindi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosqinchilik uyushmasi a’zolari bir necha yil davomida banditlik, tovlamachilik bilan shug‘ullanishgan va Tojikistonning bir necha nafar fuqarolarini o‘ldirishgan

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Rossiyaning Tumen viloyatida "FSB bandasi" a’zolariga sud hukmi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston nashri "Kommersant"ga tayangan holda.

Stranitsa sotsialnoy seti Instagram na ekrane smartfona. - Sputnik O‘zbekiston
Instagram’dagi tortishuv pichoqbozlikka olib keldi

Sud eshituvi Tumen viloyat sudida bo‘lib o‘tgan. Yevgeniy Gladkix, Aleksandr Kobilin va Sergey Sinyakov yetti insonning o‘limida hamda mahalliy tadbirkorlarga hujum qilganlikda aybdor deb topildi. O‘ldirilganlar orasida Tojikiston fuqarolari bo‘lgan.

"FSB bandasi" Rossiya hududida 8-yil davomida o‘z kirdikorlarini amalga oshirgan - 2008-yildan to 2016-yilga qadar. Shu vaqt davomida jinoyatchilar o‘g‘irlik va tovlamachilikdan shafqatsiz qotillik va o‘ta yirik miqdordagi o‘g‘irliklar sodir etishgacha borgan. Turli nashrlar axborotiga ko‘ra, jinoiy guruh o‘g‘irlik, tovlamachilik va qotilliklarni o‘z ichiga olgan 50ta jinoyatlarni sodir etishgan.

Banda birinchi bo‘lib tumenlik tadbirkor Dmitriy Klovanichning uyiga hujum qilgan. Banditlarga eshikni baxtga qarshi tojikistonlik yollanma ishchi ochgan. Banditlar uni do‘pposlab, bog‘lab ketishgan, tadbirkorni esa o‘rmonzorga olib borib otishgan. Xalqaro qidiruvda bo‘lgan tojik Rossiyadan ekstradatsiya qilingan.

Jinoiy uyushmaning keyingi qurboni tojikistonlik ishchi Kasirov bo‘ldi. Banditlar biznesmen Samodurovdan olingan pullarning ishlatib yuborilganligi holatini yashirish uchun migrantni o‘ldirishgan va bor aybni unga ag‘darishgan.

Orujie, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
GTA bandasi bilan bo‘lgan otishmaning videosi paydo bo‘ldi

Banditlarning yana bir qurboni - Tojikiston fuqarosi Xolmirzoyev bo‘ldi. Jinoiy guruh tumenlik biznesmen Ibragimovni shantaj qilish maqsadida unga tahdid bitilgan va pul talab qilingan SMS xabarlarni yuborishgan. Biznesmen jinoyatchilarga murojaat qilganda, ular bu tovlamachini topish va’dasini berishadi. Bozorda migrantni uchratib, unga ish va’da qiladilar va so‘ngra o‘ldiradilar.

To‘daning keyingi qurboni tojikistonlik Zokirjon Xalmadurov bo‘ldi. Uni mashinasiga egalik qilish uchun o‘ldirishdi. Zokirjon transport vositasi uchun otib o‘ldirilgan uch taksistdan biri bo‘ldi.

Aynan shu qotillikdan so‘ng maxsus xizmat vakillari Tumen viloyatida o‘z kirdikorlarini amalga oshirayotgan jinoiy guruh haqidagi versiya ustida ishlay boshlaydi.

Ammo qotilliklarga bu bilan nuqta qo‘yilmaydi. Tojikistonlik Toirov va Sayfutdinovlar banditlarning navbatdagi o‘ljasiga aylandi. Jinoyatchilar ularda o‘z qurollarini sinab ko‘rdilar.

Boyevik dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Toliblar Tojikiston chegarasi yaqinida joylashgan yana bir hududni bosib oldi

Banda asoschisi - FSB sobiq kapitani Vladimir Gilev SIZOda o‘lik holatda topildi. Yana bir jinoyatchi - Sergey Zozulya - xalqaro qidiruvga berildi.

FSB sobiq xodimi Yevgeniy Gladkix 25-yilga ozodlikdan mahrum etildi, sambo bo‘yicha sobiq murabbiy Aleksandr Kobilinga — 12-yil koloniya jazosi berildi, oddiy fuqaro Sergey Sinyakov — 13-yilga qamaldi.

Sud shuningdek, jabrdiydalarning pul kompensatsiyalari bo‘yicha talabnomalarini qisman qondirgan.

Sud hukmi hozircha kuchga kirmagan va hukmdan norozilar tegishli tartibda shikoyat arizasini kiritishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0