GTA bandasi bilan bo‘lgan otishmaning videosi paydo bo‘ldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishOrujie, arxivnoe foto
Orujie, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Besh nafar sudlanuvchi lift ichida ularni kuzatib kelayotgan huquqni saqlash organlar xodimlariga hujum qilib, ularnig qurolini olib qo‘ygan v qochishga uringan.

TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. Rossiyaing RenTV telekanalida Moskva viloyat sudi binosi ichida GTA bandasning uch nafar a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan otishmaning videosini e’lon qildi.

Zdanie Moskovskogo oblastnogo suda - Sputnik O‘zbekiston
Moskva viloyat sudidagi otishmada GTA bandasining to‘rt a’zosi o‘ldirildi

Kadrlarda huquqni saqlash organlaridan bir necha kishi xona ichida turgani ko‘rinib turibdi. Biroz vaqtdan keyin jinoyatchilar u yerga kirishga urinadi va politsiyachilar bilan otishma boshlanadi.

Ushbu voqea 1-avgust kuni Moskva viloyat sudi binosi ichida sodir bo‘lgan. Besh nafar sudlanuvchi sudga olib kelish vaqti, lift ichida ularni kuzatib kelayotgan huquqni saqlash organlar xodimlariga hujum qilib, ularnig qurolini olib qo‘ygan v qochishga uringan. Bo‘lib o‘tgan otishma natijasida OMON jangchisi va ikki nafar politsiyachi yaralangan. Uch nafar jinoyatchi yo‘q qilingan.

Taniqli advokat Igor Trunov aytishiga qaraganda,  ushbu baxtsiz hodisaga ikki narsa sabab bo‘lishi mumkin: birinchidan soqchilarning o‘z vazifasiga e’tiborsiz bo‘lgani yoki bu maxsus uyushtirilgan fitna. Kimdir ularni sudsiz va tergovsiz o‘ldirishni o‘ziga maqsad qilgan. Bunday holatlar uchrab turadi.

Eslatib o‘tamiz, "GTA bandasi" 2012-2014 yillarda Moskva viloyati hududida faoliyat yuritgan. Ular M4 "Don" trassasining xilvat joylarida o‘zlari tayyorlagan mix yordamida avtomobil balonlari  teshib, to‘xtashga majbur qilishgan. Keyin esa avtomobil ichida bo‘lganlarni o‘ldirib ularning mulkini egallab olishgan. Tergovchilar xabarga ko‘ra, ular kamida 15ta ana shunday jinoyat amalga oshirgan. Banda a’zolarining barchasi O‘rta Osiyo mamlakatlari fuqarolari bo‘lishgan.

Yangiliklar lentasi
0