Baxtsiz hodisa: Namanganda 18 yoshli qiz attraksionda jarohatlanib vafot etdi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishAttraksion
Attraksion - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Afsonalar Vodiysi” bog‘ining 2001-yilda tug‘ilgan ishchisi E.X. yangi attraksionni sinovdan o‘tkazish vaqtida halok bo‘ldi.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. 30-sentabr kuni soat 15:40larda Namangan shahridagi ko‘ngilochar istirohat bog‘ida qutqaruvchi vazifasida ishlagan E.X. bog‘da joylashgan, qurilishi to‘liq bitkazilmagan “Spin block” attraksioniga sinov o‘tkazilayotgan vaqtda ruxsatsiz chiqib, o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida attraksionning temir truba qismiga urilib, voqea joyida vafot etgan. UzNews.uz nashri xabariga asosan.

Bolshoy Ferganskiy kanal imeni Usmana Yusupova  - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda ota o‘z bolasini kanalga cho‘ktirib o‘ldirdi

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlarida E.X. (2001 y.t.) “Namangan Istiqlol bog‘i” MChJga qarashli bo‘lgan ko‘ngilochar bog‘ida joriy yilning avgust oyidan beri qutqaruvchi vazifasida ishlab kelganligi va uning asosiy ish joyi bog‘da joylashgan “akvapark” suv havzasida bo‘lganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0