Peterburgdagi fast-fud restoranida o‘zbekistonlik jasadi topildi

© Sputnik / Kirill KallinikovNoj v ruke mujchini
Noj v ruke mujchini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erkak restoranlar tarmog‘ida oshpaz bo‘lib ishlagan. Uni podsobkada pichoqlangan holatda restoran direktori aniqlagan

TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Rossiya shimoliy poytaxtidagi fast-fud kafelarning birida o‘zbekistonlik erkak jasadi topildi, deb xabar qilmoqda KP.

Inostrannie rabochie u xostela - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada iqtisodiyotning qator tarmoqlarida migrantlar ulushi qisqaradi

"Burger King" fast-fud kafelarining birining rahbari ishxonaga kelgach, podsobkaga kira olmagan.

"Ayol restoran oshpazini, 26 yashar o‘zbekistonlikni tomog‘idan pichoqlangan holatda topgan", - deb xabar qilgan nashrga ichki ishlar organlaridagi manba.

Huquqni muhofaza qilish organlari videokuzatuv kamerasi yozuvlarini o‘rganib chiqqach, podsobkaga begona kishi kirishi mumkin emasligini aniqlashgan. Kafeda shuningdek, bosqinchilik yo‘li bilan kirganlik yoki olishuv izlari aniqlanmagan.

Ichki ishlar xodimlari halok bo‘lgan oshpaz ishida jinoiy omil bo‘lmasligini ham taxmin qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0