Maktabdan tashqari ta’lim: davlat-xususiy sheriklik amalda

© UzARobot-pauk, 3D printer i drugie izobreteniya tashkentskix shkolnikov
Robot-pauk, 3D printer i drugie izobreteniya tashkentskix shkolnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning maktabdan tashqari ta’lim tizimini qanday o‘zgarishlar kutmoqda, yangi loyihalarni joriy etish uchun mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo va jihozlar nimaning hisobidan to‘ldiriladi - bu va boshqalar ta’lim sohasidagi yangi qarorda.

TOShKENT, 1 okt - Sputnik.O‘zbekistonda yoshlarning maktabdan tashqari ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarga bag‘ishlangan prezident qarori qabul qilindi. Qaror matni O‘zAda e’lon qilindi.

Qarorning asosiy maqsadi sifatida o‘quvchi-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash kabilar qayd etilgan. Buning amaliy tadbirlari sifatida, respublika bo‘ylab mavjud markazlar negizida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktablari, “Bolalar kutubxonalari”, 2020-2023 yillarda Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida tizimli ravishda bolalar turizmini rivojlantirish maqsadida 100-200 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazalari”ni tashkil etish belgilangan.

Nigina Xodjayeva  - Sputnik O‘zbekiston
Pedagog maktab islohotlari haqida: to‘qqizinchi sinf o‘quvchilarini ilgari boshqarish qiyin edi

Bu yo‘nalishda asosiy vazifalar qatorida, shu jumladan, dunyo bozoriga “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak a’zolari tomonidan yaratilgan mahsulotlarni olib chiqish maqsadida “Art shop” elektron do‘konlarini tashkil etish va sotuvini yo‘lga qo‘yish; “Barkamol avlod” bolalar maktablarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Bolalar texnoparki” loyihalarini tashkil etish; “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “STEAM – ta’lim” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – muhandislik, Art – san’at, Mathematics – matematika) dasturini joriy etish kabilar ko‘rsatib o‘tilgan. 

Xalqaro robotchilar chempionatda O‘zbekiston ilk medalni qo‘lga kiritdi

“Barkamol avlod” bolalar maktablarini 2024-yilga qadar 50 % oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan to‘ldirish; o‘quvchilarni “Barkamol avlod” bolalar maktablariga qamrab olish darajasini 10,5 %ga, ulardagi robototexnika va muhandislik to‘garaklari ulushini 10 %ga yetkazish; mazkur maktablar, “Bolalar kutubxonalari” va maktab kutubxonalarini  keng polosali Internet tarmog‘iga ulash; sherik sarmoyadorlar va tadbirkorlarni jalb qilgan holda davlat muassasalari tomonidan ta’lim laboratoriyasi, robot dunyosi va turli ijodkorlik yo‘nalishlarini qamrab olgan “Kids makon” biznes loyihasini amalga oshirish kabi dolzarb maqsadli vazifalar ham qarorda tasdiqlab berilgan.

Prezident maktablariga imtihon ikki bosqichda o‘tkaziladi

Bu kabi ta’lim muassasalari xodimlarining 2020 yil 1-yanvardan boshlab “A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti”da qayta tayyorlanishi va malakasi oshirilishi ko‘zda tutilgan.

O‘quv mashg‘ulotlarda foydalanish hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish yuzasidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan, xorijdan olib kelinadigan xomashyo va jihozlar davlat buyurtmalari qatoriga kiritilib, ularni xarid qilish uchun imtiyozli shartlar asosidagi xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlar faollashtirilishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0