Pedagog maktab islohotlari haqida: to‘qqizinchi sinf o‘quvchilarini ilgari boshqarish qiyin edi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNigina Xodjayeva
Nigina Xodjayeva  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentning №42 maktabida faoliyat yurituvchi biologiya va kimyo o‘qituvchisi Nigina Xojayeva 11-yillik ta’lim tizimiga o‘tish bilan bog‘liq murakkabliklar haqida gapirdi

O‘zbekistonda 1-oktabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuni nishonlanadi. Ta’lim sohasi ishchilari davlat rahbari hamda o‘z tarbiyalanuvchilari tomonidan tabriklarni qabul qilar ekan, o‘qituvchilarning o‘zlari jadal islohotlar kechayotgan murakkab davrda faoliyat yuritishda davom etmoqdalar.

Pedagog Nigina Xojayevaning so‘zlariga qaraganda, maktab tizimidagi islohotlar nafaqat o‘quv dasturlarining qayta ko‘rib chiqilishini, balki o‘quvchilar psixologiyasida ham muayan o‘zgarishlarni talab etadi. Misol uchun, umumiy ta’lim sohasida bo‘lgan ilgarigi yondashuvda yuqori sinflar bilan ishlash nihoyatda murakkab kechgan.

“Biz uzoq vaqt davomida 11-sinf dasturlari bo‘yicha ishladik, shu bois hech qachon to‘qqizinchi sinf o‘quvchilarining xulqi bo‘yicha muammo bo‘lmagan. Oldinda yana ikki yilimiz borligini va bu davrda bolalar ulg‘ayishga ulgurishini bilardik. 10-11-sinf o‘quvchilari, asosan, o‘zini bosib olgan, vazmin yoshlar bo‘lib, ular bilan gaplasha olasan kishi. Ular quyi sinf o‘quvchilari uchun namuna bo‘lardi. "To‘qqiz yillik ta’lim"ga o‘tilganidan so‘ng esa, muammolar boshlandi. Garchi ular endi 13-14 yoshni qarshi olishgan bo‘lsalarda, bitiruvchilar o‘zlarini katta odamdek his qila boshlagan edilar. Bunday o‘quvchilar bilan ishlash o‘ta mushkul edi”, - deya tan oladi Xojayeva.

Shkolnie uchebniki - Sputnik O‘zbekiston
Maktab darsliklari ijara narxlari e’lon qilindi

O‘qituvchining ta’kidlashicha, o‘n bir yillik ta’lim tizimi qayta tiklangandan keyingi bir yil ham oson kechmagan. 10-sinfga o‘tgan o‘quvchilar hech ham ulg‘aya olmasdi, oldilarida turgan mas’uliyatni faqat o‘quv yili yakuniga yetayotganidagina tushunib yetishni boshlar edilar.

Shu bilan birga, faqatgina bolalarga og‘ir bo‘lgani yo‘q – o‘qituvchilarning o‘zlari ham o‘tgan yillar davomida yuqori sinf dasturlarini unutishga ulgurishgan, shu bois qaytadan malaka oshirishlariga to‘g‘ri kelgandi.

"Albatta, maktablarimizda oldingi ta’lim tizimidan boxabar o‘qituvchilarimiz ko‘p. O‘ylashimcha, aynan ularning sharofati bilan bu murakkab davrni nisbatan yengil bosib o‘tdik", - deya so‘ziga yakun yasaydi Nigina Xojayeva.

Pedagogning izohini to‘liq quyidagi rus tilidagi podkastda tinglashingiz mumkin. 

Uchitel o perexode na 11 klassov: period vzrosleniya proxodil ochen tajelo
Yangiliklar lentasi
0