Birgina qo‘shiq va raqslar bilan muammo hal etilmaydi - Grozin

© Sputnik / Aleksandr Natruskin / Mediabankka o‘tishZaveduyushiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin
Zaveduyushiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida ochilgan "Do‘stlik" ko‘prigi ikki davlat chegara qismida yuz bergan mojaroni hal etishda yordam bera oladimi? MDH mamlakatlari instituti O‘rta Osiyo bo‘limi rahbari Andrey Grozin shu haqda fikr yuritadi

Bu turdagi tashabbuslarni olqishlash mumkin, dedi MDH davlatlari O‘rta Osiyo bo‘limi rahbari Andrey Grozin Sputnik Tojikiston bilan suhbatda.

"Siyosatshunoslik nazariyasiga ko‘ra xalq diplomatiyasi - do‘stlik uylari, do‘stlik ko‘priklari, hamkorlikdagi futbol uchrashuvlari - mahalliy uyushmalar orasida mojaro potensialini kamaytirishda yordam beradi", - dedi u.

Direktor Yevraziyskogo analiticheskogo kluba Nikita Mendkovich v multimediynom press-sentre Sputnik Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
Tojik-qirg‘iz chegarasidagi mojaroni hal etishda O‘zbekiston tajribasi yordam beradi

Grozin, birgina qo‘shiq va raqslar bilan masala hal etilmasligini tushunish kerakligini qo‘shimcha qildi.

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi mojarolar - juda muhim siyosiy voqealar bo‘lib, ularning davlatlararo munosabatlarga ta’siri bor. Bunday davlat tashabbuslari eng kamida amaliy mazmunga to‘ldirilishi lozim, deb qayd etdi ekspert.

Grozin shuningdek, bu ko‘prik orqali kontrabanda tashiladimi yoki qonuniy mol olib o‘tiladimi, degan ritorik savolni beradi.

U shunga aminki, Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi mojarolar u yoki bu jamoatchilik uyushmalarining har qanday hayotiy vaziyatdan naf olishga urinishlari tufayli kelib chiqmoqda.

Chegaradagi otishma tojiklar qirg‘izlarni yomon ko‘rishi, yoki aksincha holat tufayli kelib chiqmaydi. Tojiklarning qirg‘izlar, yoki qirg‘izlarning o‘zbeklar bilan bo‘lgan o‘zaro etnik munosabatlari ko‘pam farq qilmaydi, deya qo‘shimcha qiladi Grozin.

Prezident Sooronbay Jeenbekov provel soveshanie po situatsii na kirgizsko-tadjikskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iz-tojik chegarasida yana otishma: Jeenbekov yig‘ilish o‘tkazdi

"Gap faqatgina iqtisodiy masalalar - taqchil resurslar: suv, yer, yaylovlarga egalikda. "Do‘stlik ko‘priklari" bilan bunday masalalar hal etilmaydi, negaki, chegaraoldi mojarolarining asosiy dvigatellari bo‘lmish iqtisodiy aktlar hech qayerga yo‘qolib ketmaydi", - deb qayd etdi Grozin.

Ekspert fikricha, gap markaziy hukumat siyosatida ham emas, balki iqtisodiy va savdo yo‘llari ustidan nazoratni, aloqalarni saqlab qolishdan manfaatdor bo‘lgan rasmiy va norasmiy guruhlar ta’sirida. Ziddiyatlarning vujudga kelishi ham shundan.

"Do‘stlik ko‘priklari - bu yaxshi, biroq bu masala yechimi emas, bu faqatgina tomonlarga ushbu shaklni tartibga solishda yordam beruvchi qadamlardan biridir", - deb xotima qildi Grozin.

Yangiliklar lentasi
0