Tojik-qirg‘iz chegarasidagi mojaroni hal etishda O‘zbekiston tajribasi yordam beradi

© Sputnik / Daniyar SandibayevDirektor Yevraziyskogo analiticheskogo kluba Nikita Mendkovich v multimediynom press-sentre Sputnik Kirgizstan
Direktor Yevraziyskogo analiticheskogo kluba Nikita Mendkovich v multimediynom press-sentre Sputnik Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo tahlil klubi rahbari, xalqaro masalalar bo‘yicha Rossiya kengashi eksperti Nikita Mendkovich, Emomali Rahmon va Sooronbay Jeenbekovning chegaraoldi hududidagi uchrashuviga izoh berdi.

Ilgariroq Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari Emomali Rahmon va Sooronbay Jeenbekov ikki mamlakat chegarasidagi qishloqlar aholisi bilan uchrashishgan edi. Shundan so‘ng ular Isfara (Tojikistonda) ikkiyoqlama hamkorlik masalalarini muhokama etishdi va shundan so‘ng Rahmon Qirg‘izistonga ishchi tashrifni amalga oshirdi. Cholpon-Otada ikki mamlakat yetakchilari muzokaralarning ikkinchi raundini amalga oshirdilar, xususan chegara delimitatsiyasi va demarkatsiyasi masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Jeenbekov Issiq-Ko‘lga uchib kelgan Rahmonga nima dedi?

Sputnik radiosi efirida Mendkovich davlat rahbarlarining uchrashuvi Qirg‘iziston va Tojikiston aholilarining o‘zaro ishonchini oshirishga xizmat qilishini aytdi.

Pogranichniki na kirgizsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granisi - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi qurolli mojaro oqibatida o‘qituvchi halok bo‘ldi

"Anklavlar darajasida chegara mojarolari avj olsa, bu boshqa masala, chunki deeslakatsiya bo‘yicha ishlar avvalo o‘sha yerda bajarilishi lozim. Poytaxtlar va davlat yetakchilari o‘rtasida rasmiy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi - chegaralar demarkatsiyasi va yerni taqsimlashning texnik muammolari yechimi bo‘yicha siyosiy bitim tuzishga olib keluvchi muhim qadamdir", - dedi siyosatshunos.

U shuningdek, munozarali hududlarda muntazam ravishda - yilda bir necha marotaba mojarolar bo‘lib turishini ta’kidlab o‘tdi.

"Bu mojarolarga hatto chegara chastlari ham jalb etiladi ba’zan, va bu eng xavfli nuqtadir. Muammo yechimi uchun birinchi navbatda "ikkiyoqlama" siyosiy iroda zarur. Qirg‘iziston va O‘zbekiston sarhadlarida aniq bo‘lmagan chegara tufayli yuz bergan jiddiy mojarolarni eslang. Bir necha yillar oldin chegara postlarida bronetexnikani ko‘rishingiz mumkin edi. Ammo yangi prezident davrida O‘zbekiston qisqa muddatda barcha mojarolar yechimini topishga va zarur bitimlarni imzolashga muvaffaq bo‘ldi. Qirg‘iziston va Tojikiston ham yaqin kelajakda shunday yechimga keladi, deb umid qilib qolamiz", — deb ta’kidladi Mendkovich.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala ustida ODKB ishlamoqda. Tashkilot ishtirokchi-davlatlar o‘rtasidagi oldingi mojarolarda ham moderator sifatida ishtirok etgan va muzokaralar jarayonini ta’minlagan.

Yangiliklar lentasi
0