Valyuta ayirboshlash faqat davlat korxonalari uchun cheklanishi mumkin - Markaziy bank

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Sentralnogo banka Uzbekistana
Zdanie Sentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank ayrim hollarda import operatsiyalari bo‘yicha valyuta ayirboshlashni cheklash haqidagi xabarlarga izoh berdi.

TOShKENT, 30 sen – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki, so‘nggi vaqtlarda matbuotda paydo bo‘layotgan, ayrim import operatsiyalari uchun valyuta ayirboshlash cheklanayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

Unda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2017-yilning sentabr oyidan boshlab valyuta ayirboshlashda har qanday cheklovlar bekor qilingan. Iqtisodni erkinlashtirish va ochiqlashtirish bilan bir vaqtda, boshqaruvida davlat ulushi bor xo‘jalik subyektlarining samaradorligini oshirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida ham muayan qadamlar qo‘yilmoqda.   

Xususan, davlat xaridlarini va sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish vaqtida import qilinayotgan mahsulotlarning mahalliy analoglari borligi, korxona faoliyatiga aloqador bo‘lmagan mahsulotlarni olib kirish holatlari hamda mahslot narxi oshirib ko‘rsatish holatlari  aniqlanganda – ushbu maqsad uchun ajratilgan davlat mablag‘lari “muzlatib” qo‘yilmoqda.

Tadbirkorlar ushbu choralarga valyuta ayirboshlash uchun kiritilgan cheklov sifatida qaramasliklari kerak. Tadbirkorlar uchun xorijiy valyuta hech qanday cheklovsiz ayirboshlab bermoqda.

Ushbu choralar, avvalombor, davlat korxonalari faoliyatini shaffof qilishga, ularning raqobatbardoshligini oshirishga va kerakli mahsulotlarni mamlakat ichida xarid qilishga yo‘naltirishga qaratilgan. Ikkinchidan, ushbu choralar iqtisodning turli sohalarini o‘zaro barqarorlashtirishga qaratilgan, - deyilgan MB xabarida.

Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-oktabrdan bankomatlar valyuta berishni to‘xtatadi

Shunindek, Markaziy bank dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida iqtisodning turli sohalarining samaradorligini oshirish maqsadida shunga o‘xshash cheklovlar kiritilganinini ham qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda O‘zbekiston valyuta bozori erkinlashtirilganidan so‘ng, Respublikada valyuta xarid qilish operatsiyalari miqdori 2 baravar, valyuta sotish operatsiyalari 3 baravarga Shuningdek, valyuta sotib oliayotgan xo‘jalik subyektlari soni ham 2-yil ichidan 4100 tadan 7600 tagacha o‘sdi.

Yangiliklar lentasi
0