TOShKENT, 25 sen – Sputnik. O‘zbekiston banklari 1-oktabrdan boshlab bankomat orqali valyuta berishni to‘xtatadi. Bankomatlar faqat so‘m beradi, valyutani esa - bank kassalari orqali olish mumkin bo‘ladi. Bu haqida Ipak yo‘li bankining rasmiy xabarida aytilgan.
Joriy yilning 1-oktabridan boshlab xalqaro to‘lov tizimlari (VISA, MasterCard va UnionPay) kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi barcha bankomatlarda plastik kartochkalardan naqd pullarni faqat milliy valyutada olish mumkin.
Ushbu bankomatlarni bosqichma-bosqich qayta sozlash zarurati tufayli 24-sentabrdan boshlab ba’zi bankomatlar naqd pulni milliy valyutada beradilar.
Bankomatlar naqd xorijiy valyutani almashtirish va bank tomonidan chiqarilgan xalqaro plastik kartalarni to‘ldirish uchun AQSh dollarlarida banknotalarni qabul qilishni davom ettiradi, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qonunchiligiga binoan, Respublika hududida amalga oshirilayotgan barcha hisob-kitoblar, tovar va mahsulotlar uchun to‘lovlar – milliy valyutada amalga oshirilishi kerak.
Ikkinchidan, ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda bankomatlar orqali, ya’ni pul olayotgan kishining shaxsi aniqlanmagan ravishda, milliy valyutadan boshqa valyutada katta miqdorda pul yechiib olish ta’qiqlangan. Odatda, ushbu ta’qiq – noqonuniy daromadlarni yuvish va terrorchilikka qarshi kurash bilan izohlanadi.