TOShKENT, 30 cyen – Sputnik. Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Aleksandr Yemelyanenko UFC amaldagi chempioni Habib Nurmagomedovning janglarini ko‘rishni yoqtirmaslik sababini aytdi. Cport-RIA Novosti xabariga asosan.
7 sentabr kuni Abu-Dabida Habib Nurmagomedov amerikalik jangchi Dastin Puarye ustidan g‘alaba qozonib, UFC chempionlik unvonini himoya qildi.
“Jang chiroyi yo‘q. Ha, u hammasini to‘g‘ri bajaradi – raqibini charchatadi va g‘alaba qozonadi. Ammo tomosha qilish qiziq emas”, - deydi Yemelyanenko.
Shuningdek, Aleksandr Yemelyanenko uning akasi Fodor bilan Nurmagomedovni taqqoslashni noo‘rin deb hisoblashini aytdi.
“Rossiyada aralash jang san’ati kimning sharofati bilan ommalashdi? Ularni bu erga kim olib keldi? Kim ularni mamlakat bo‘ylab targ‘ib qila boshladi? Albatta, Fodor. Barcha izdoshlar, shu qatorda men ham Fodor izidan borib, avval u boshlagan ishni qildi. Biz hammamiz - izdoshlar”, - deb ta’kidladi jangchi.