TOShKENT, 12 sen – Sputnik. Shifokorlar ko‘rsatmasiga asosan UFC chempioni Habib Nurmagomedov vaqtincha janglardan chetlatildi. Bu Dastin Porye bilan o‘tkazilgan jangdan so‘ng tiklanishi uchun zarur.
Rossiyalik jangchi bir hafta muddatga mashq va janglardan chetlashtirildi.
MMAJunkie nashri yozishicha, uning raqibi Dastin Porye esa tibbiy ko‘rsatmalarga asosan bir oylik tanaffus berildi. Porye jang vaqtida ko‘z va qosh qismida jarohat oldi.
Eslatib o‘tamiz, 7-sentabr Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan jangda rossiyalik aralash yakkakurashchi Habib Nurmagomedov Dastin Puarye ustidan g‘alaba qozondi.