Jo‘ja sanash nasib etmadi - Straus House direktori hibsga olindi

© Kun.uzStraus house direktori Isroilov Ibrohim
Straus house direktori Isroilov Ibrohim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afrikadan tuyaqush jo‘jasini olib kelib beraman deb 300 kishidan pul olgan, lekin shartnomani bajarmagan tuyaqush firmasi direktori hibsga olindi.

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Toshkentda 300 kishidan pul olgan, lekin shartnomani bajarmagan “Straus House” MChJ direktori hibsga olindi, deb xabar qilmoqda Kun.uz.

“Jinoyat ishi bo‘yicha «Strause House» MChJ ta’sischisi, Isroilov Ibroxim Rovshan o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a” (katta miqdorda firibgarlik qilish) bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llangan”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, “Straus House” MChJ ustidan ko‘plab shikoyatlar bo‘layotgan edi. Xususan, ushbu kompaniya Afrikadan tuyaqul jo‘jasini olib kelib berishni va’da qilgan holda, yuzlab kishilardan pul yig‘ib olgan, lekin yoz mavsumi o‘tib ketsada, qushlar olib kelinmagan.

Tuyaqush fermasi - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada tuyaqush boqilyapti

Ushbu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshlab yuborgan.

Tergov jarayonlarida aniqlanishicha, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 16-uyda joylashgan «Straus House» MChJ mansabdor shaxslari Toshkent shahar, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar bilan 2019-yilning yanvar-aprel oylari davomida 90 kun muddat ichida Janubiy Afrika Respublikasidan «Ostrich” zotli tuyaqush (straus) jo‘jasini yetkazib berish yuzasidan shartnomalar rasmiylashtirish orqali ularning ishonchiga kirib, respublikaning turli viloyatlarida yashovchi 300dan ortiq fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilishda gumon qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0