Toshkentda O‘zbekistonga amalga oshirilgan evakuatsiyaga bag‘ishlangan anjuman o‘tkaziladi

© Press-slujba Orenburgskogo gosudarstvennogo universitetaV Tashkente provedut konferensiyu, posvashennuyu evakuatsii v Uzbekistan
V Tashkente provedut konferensiyu, posvashennuyu evakuatsii v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Urush yillarida O‘zbekiston hududiga 1,5 millionga yaqin qochoqlar olib kelingan. Anjuman Buyuk G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlanadi

TOShKENT, 26 sen - Sputnik. 2019 yilning27 sentabr kuni Toshkentda "Eshelonlar sharqga ketmoqda. Ulug‘ Vatan urushi yillarida O‘zbekistonga amalga oshirilgan evakuatsiya" mavzusida xalqaro ilmiy anjuman o‘tkaziladi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari xabar qilmoqda.

Kadri fotoxroniki Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
101 mard o‘zbek jasoratini targ‘ib etish ishlariga Rossiya ham qo‘shildi

Anjuman Buyuk G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlanadi.

Tadbir tashkilotchilari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Orenburg davlat universiteti Janubiy Ural tarix va etnografiq ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston FA tarix instituti, O‘zbekiston tarixchilar jamiyati va "Yevroosiyo xalqlari hamdo‘stligi" ANT.

Tashkilotchilarning yodga solishicha, urush yillarida O‘zbekiston hududiga 1,5 millionga yaqin qochoqlar olib kelingan. Evakuatsiya SSSRga insonlar, resurslar, ishlab-chiqarish quvvati, ilmiy va ijodiy salohiyatini xavfdan saqlashga yordam beribgina qolmay, respublika taraqqiyotiga katta turtki bo‘lgan.

Mutaxassislar o‘zbekistonlik hamkasblari, mahalliy aholi bilan birgalikda yaqin hamkorlikda respublikada sanoatning yangi tarmoqlari(aviatsiya, elektrotexnika, energetika, kimoviy, qishloqxo‘jaligi mashinasozligi)ga, energetika obyektlariga asos solishgan va 150dan ortiq foydali qazilmalar konini kashf qilishgan. 1943-yilda O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining tashkil topishiga asos solganlar.

Yangiliklar lentasi
0