O‘zbekiston Suriya va Iroqdan yana 200 dan ziyod fuqarolarini qaytarmoqchi

© Sputnik / Aleksandr KrajevPassajirskiy samolet
Passajirskiy samolet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hozirda bu borada, jumladan, xalqaro miqyosda faol ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya raisligida yuqori darajadagi BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida mamlakat Iroq va Suriyadan 235 kishi qaytishini kutayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston TIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining RIA Novostiga ma’lum qilishicha, hozirda bu borada, jumladan, xalqaro miqyosda faol ishlar olib borilmoqda.

Shaxnoza Mirziyoyeva vstretilas s detmi, kotorie vernulis iz Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Shahnoza Mirziyoyeva Suriyadan qaytib kelgan bolalar bilan uchrashdi

Eslatib o‘tamiz, 30-may kuni Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan 156 nafar O‘zbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelingan edi. Ularning 48 nafari ayollar, 106 nafari bolalar bo‘lib, aldov yo‘li bilan Yaqin Sharqdagi qurollangan mojarolar hududiga olib chiqib ketilgan.

Suriyadan qaytarilgan turli og‘ir hayotiy qiyinchiliklarni boshdan kechirgan o‘zbek fuqarolariga respublika hukumati har tomonlama ordam bermoqda. Jumladan, ularning sog‘lig‘ini qayta tiklash hamda jamiyatga qaytarish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Suriyadan qaytarilgan surxondaryolik ayolga yangi uy-joy berildi

Yangiliklar lentasi
0