Shahnoza Mirziyoyeva Suriyadan qaytib kelgan bolalar bilan uchrashdi

© MDOShaxnoza Mirziyoyeva vstretilas s detmi, kotorie vernulis iz Sirii
Shaxnoza Mirziyoyeva vstretilas s detmi, kotorie vernulis iz Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Har bir bola, uning qayerda tug‘ilganligidan qat’iy nazar, davlat himoyasi ostida bo‘ladi" - dedi Shahnoza Mirziyoyeva.

TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. Kecha, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi Suriyadan qaytgan bolalar va ayollar uchun bayram uyushtirib berdi, deb xabar qilmoqda ushbu vazirlik matbuot xizmati.

Toshkent viloyatidagi sanatoriyalardan birining hududida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.

© MDOShaxnoza Mirziyoyeva vstretilas s detmi, kotorie vernulis iz Sirii
Shahnoza Mirziyoyeva Suriyadan qaytib kelgan bolalar bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Shaxnoza Mirziyoyeva vstretilas s detmi, kotorie vernulis iz Sirii

MTVning Strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari  Suriyadan qaytib kelgan ayollar bilan suhbatlashar ekan, ularning boshdan kechirgan voqealarini tingladi va savollariga javob berdi.

"Har bir bola, uning qayerda tug‘ilganligidan qat’iy nazar, davlat himoyasi ostida bo‘ladi, onalari esa psixologik va ijtimoiy yordam bilan ta’minlanadi", - dedi Shahnoza Mirziyoyeva. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining tashabbusi bilan ushbu yilning 30-may kuni Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududlari bo‘lgan  156 nafar ayollar va bolalar O‘zbekistonga maxsus samolyot bilan olib kelingan edi. Ayni damda ular tibbiy ko‘rik va ijtimoiy adaptatsiya jaranidan o‘tmoqda.

© MDOShaxnoza Mirziyoyeva vstretilas s detmi, kotorie vernulis iz Sirii
Shahnoza Mirziyoyeva Suriyadan qaytib kelgan bolalar bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Shaxnoza Mirziyoyeva vstretilas s detmi, kotorie vernulis iz Sirii

Yangiliklar lentasi
0