TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Toshkent shahar IIBB YPX va PPX xodimlari bodikameralarni ishga tushirishdi.
IIBB xabariga ko‘ra, joriy yilning 19-sentabridan poytaxt IIBBning 50 nafar xodimlari xizmatga test tartibida bodikameralar bilan kirishganlar.
Ta’kidlanishicha, ular qatorida 32 nafar YHXB YPX inspektorlari va 18 ta patrul-post xizmati xodimlari bor.
Ma’lum qilinishicha, keyinchalik Toshkent shahar ichki ishlar organlarining barcha bo‘linmalari, ular qatorida qo‘lga olingan, hibsga olingan va ayblangan shaxslarni, shuningdek, ma’muriy qamoq qo‘llanilgan shaxslarni qo‘riqlab borish va boshqa joyga olib borish bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning faoliyatida ham bodikameralardan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Shu tarzda keyingi yilning boshiga qadar xizmat davomida bodikameralarni ishlatish, ma’lumotlarni mobil uzatish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilish, jarayonni xizmat olib borish davomida nazorat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan YPX inspektorlari 1-iyuldan boshlab yoppasiga bodikameralar bilan ishlashga o‘tishi kerak edi. Lekin texnik jihatdan tayyor bo‘lmaganligi tufayli ushbu qonun kuchga kirishi 2020-yilning 1-yanvariga qoldirilgan edi.