TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. 22 iyundan boshlab poytaxt ko‘chalarida bolikameralarning amaliy sinovi boshlanadi. Bundan maqsad – yangi uskunalarda mavjud bo‘lgan kamchiliklarni yo‘qotish, deyilgan IIBB xabarida.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, haydovchilar bilan muloqot qilishdan oldin YPX inspektorlari ularning suhbati kameraga yozib olinayotganini xabar qilishlari kerak bo‘ladi. Maxsus komissiya sinov natijalariga ko‘ra, bodikameralarni baholab, ishlab chiqaruvchi korxonaga taklif va xabar qilinadi.
Bodikameralar bilan birgalikda YPX insektorlari uchun maxsus ishlab chiqilgan jilet ham sinovdan o‘tmoqda. Ushbu jiletlar tana haroratini isitmaydigan, mustahkam setkali matodan tikilgan bo‘lib, unda inspektorlar o‘zlari bilan olib yuradigan aspob-uskunalarni joylashtirish mumkin. Buning uchun jiletning bir necha cho‘ntaklari bor.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan YPX inspektorlari 1-iyuldan boshlab yoppasiga bodikameralar bilan ishlashga o‘tishi kerak edi. Lekin texnik jihatdan tayyor bo‘lmaganligi tufayli ushbu qonun kuchga kirishi 2020-yilning 1-yanvariga qoldirildi.