Maduro: Tramp minglab impichmentga loyiqdir

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrezident Venesueli Nikolas Maduro
Prezident Venesueli Nikolas Maduro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Donald Tramp uning mamlakatiga nisbatan amalga oshirgan harakatlari uchun minglab impichmentga loyiqligini aytdi.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelga nisbatan harakatlari uchun minglab impichmentlarga loyiq, deya hisoblaydi Lotin Amerikasi mamlakati prezidenti Nikolas Maduro.

Prezident Venesueli N. Maduro vistupil pered Verxovnim sudom - Sputnik O‘zbekiston
Maduro Trampga keskin javob qaytardi

“Uni Ukraina prezidentiga nisbatan shantaj qilganlikda ayblashmoqda. Men aytamanki, nima sababdan uni bunda ayblashmoqda, agar u bu ishni har kun qilayotgan bo‘lsa: dunyo prezident va bosh vazirlarini bizni shantaj qilish, iqtisodiy ko‘mak, kreditdan mahrum qilish, bizga hujum qilishga chorlaydi.. Unga dunyoni Venesuelaga qarshi shantaj qilgani uchun minglab impichmentlar e’lon qilish kerak”,  -deya Maduro so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Oq uy 25-sentabr kuni AQSh va Ukraina yetakchilari o‘rtasida iyul oyida bo‘lib o‘tgan suhbat stenogrammasini chop etdi. Avvalroq OAVlarda Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lgan suhbat davomida undan Xanter Bayden, AQSh sobiq vitse-prezidenti Jo Baydenning o‘g‘liga nisbatan surishtiruv ishlarini boshlashni talab qilganligi to‘g‘risidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Jo Bayden 2020-yilda AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi va Trampning asosiy raqibi bo‘lishi mumkin.

E’lon qilingan stenogramma Tramp Zelenskiydan “Burisma Group” faoliyatini tekshirgan Ukraina sobiq bosh prokurori Viktor Shokining ishdan bo‘shatilish holatlarini surishtirish iltimos qilganini tasdiqladi. “Burisma Group” direktorlar tarkibida Baydenninng ham o‘g‘li bo‘lgan. Bundan tashqari, Tramp Xanter Baydenning ishini surishtirishni iltimos qilgani ma’lum bo‘lgan. Zelenskiy, o‘z navbatida, AQSh prezidentidan U Trampdan “Bayden ishi” yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishni so‘ragan.

Prezident Venesueli Nikolas Maduro - Sputnik O‘zbekiston
Nikolas Maduro: “Tramp meni o‘ldirish haqida buyruq bergan”

AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri demokrat Nensi Pelosi kongress ushbu suhbatni asos qilib, prezident Donald Trampga qarshi impichment jarayonini boshlayotganini ma’lum qilgan edi. Nensi Pelosining so‘zlariga qaraganda, Trampning harakatlari "u prezident lavozimi, milliy xavfsizlik va saylovlar yaxlitligiga xoinlik qilganligiga" ishora qilmoqda. Trampning o‘zi bu ayblovni rad qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0