TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro RIA Novostiga bergan intervyusida qator savollarga javob berdi, shu jumladan AQSh prezidenti Donald Trampning uni o‘ldirish rejalari bo‘lganini ma’lum qildi.
Maduro unga nisbatan yangi suiqasd uyushtirilishi kutilmoqdami va bu bo‘lishi mumkinmi, degan savolga quyidagicha javob qaytardi:
“Shubhasiz, Donald Tramp meni o‘ldirish haqida buyruq berib, Kolumbiya hukumati, Kolumbiya mafiyasiga meni o‘ldirishlari kerakligini aytgan. Agar men bilan biror korhol ro‘y bersa, unda Donald Tramp va Kolumbiya prezidenti Ivan Duke bunga javobgar bo‘ladi”, - dedi u intervyu davomida.
Muddatidan oldin prezident saylovlarini o‘tkazish haqida to‘xtalib, u saylovlar 10 oy oldin konstitutsion va qonuniy ravishda bo‘lib o‘tganini ta’kidladi.
Shuningdek, Rossiya va Xitoy bilan moliyaviy munosabatlari yaxshi ekanligi va ular kelajakda rivojlanishda davom etishini ma’lum qildi. Venesuela iqtisodini rivojlantirish uchun Rossiya va Xitoyning mustahkam yordamiga umid qilishini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avval ham Maduroning hayotiga suiqasd uyushitirilgan edi. Bu o‘tgan yilning avgustida Karakasda bo‘lib o‘tayotgan paradlar vaqtida sodir bo‘lgandi.