Bodikameralar haqida nimalarni bilish zarur?

© MVD UzbekistanaV Uzbekistane vibrali postavshika bodikamer iz SShA
V Uzbekistane vibrali postavshika bodikamer iz SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xodimning voqea yozilish jarayoniga aralashish, uni tahrir qilish va o‘chirish imkoniyati yo‘q: kamera, xodim uni qabul qilish vaqtidan boshlab, qaytarib topshirgunga qadar videoga olib boradi.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Toshkent shahar IIBB fuqarolar bodikameralar haqida nimalarni bilishligi zarurligi borasida ma’lumot berdi.

Bodikamera audio- va videokontentni (FullHD formatida) yozish va markazlashmagan tarzda saqlash, keyinchalik ko‘rib chiqish, favqulodda vaziyatlarda markazlashgan dispetcherlik xizmatiga “xavotir” signalini yetkazish, real vaqt rejimida mobil guruhlarning joylashuvlari va faoliyatlarinin masofadan turib monitoring qilish imkoniyatini beruvchi moslamadir.

Bodikamera  - Sputnik O‘zbekiston
IIV bodikameralar joriy etishni kechiktirmoqchi – odamlar qarshi

Bodikamera moslamasi infraqizil yoritish qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lib, ushbu qurilma tungi vaqtda ham o‘n metrlik masofani yoritib, videoga olib borish imkoniyatini beradi.

Xodimning voqea yozilish jarayoniga aralashish, uni tahrir qilish va o‘chirish imkoniyati yo‘q: kamera, xodim uni qabul qilish vaqtidan boshlab, qaytarib topshirgunga qadar videoga olib boradi. Moslama korpusi ochilmasligi uchun maxsus himoya bilan jihozlangan.

Shuningdek, moslama radioaloqani o‘rnini bosadi.

Yozib olingan ma’lumotlar qayerda saqlanadi?

Yozuvlar natijasi maxsus serverda bir oy davomida saqlanadi. Bodikameralarni ishlatish uchun zarur bo‘lgan axborot tizimida monitoring markazini tashkillashtirish ham ko‘zda tutilgan. Aynan o‘sha yerda bodikameralar tomonidan qayd etilgan ma’lumotlar saqlanadi va ko‘rib chiqiladi. Moslamaning xotira kartasidagi ma’lumot serverga maxsus dastur yordamida ko‘chiriladi. Markaz operatorida moslamaga masofadan turib bog‘lanish va nazorat qilish imkoniyati mavjud.       

Monitoring markazidagi maxsus elektron kartada har bir xodimning ayni vaqtda joylashgan manzili, hamda ushbu manzilning patrullash yo‘nalishiga muvofiqligi aks etadi.

Bundan tashqari, shu yerda favqulodda vaziyatlar holatlarida harakatlar koordinatsiyasi amalga oshiriladi: monitoring markaziga avtomatik tarzda geo-, audio- va videoma’lumotlar yopiq (himoyalangan) aloqa kanallari orqali yetkazilib turiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxt IIBBning 50 nafar xodimlari xizmatga test tartibida bodikameralar bilan ishlay boshlashgani xabar qilingan edi. 2020-yilning 1-yanvardan barcha xodimlar bodikamera taqib yurishlari shart bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0