Jalolobodda ikki amerikalik narkotik bilan qo‘lga tushdi: ular ingliz tilidan dars bergan

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishIzyatie marixuani
Izyatie marixuani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir kilodan ziyod giyohvand moddasi bilan qo‘lga tushgan Amerika fuqarolari Qirg‘izistondagi maktablaridan birida ingliz tilidan dars bergan.

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ikki nafar Amerika fuqarosini bir kilogramm giyohvand moddasi bilan qo‘lga oldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston viloyat IIB matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Konoplya - Sputnik O‘zbekiston
Ikki toshkentlik uyini nashazorga aylantirdi

“19 sentabr kuni Bishkek-O‘sh trassasida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari Honda Odyssey avtomobilini to‘xtatishdi. Yo‘lovchilarning shubhali harakati diqqatni jalb etdi va militsiya xodimlari tintuv o‘tkazishga qaror qilishdi. Erkaklardan birida ichida marixuanaga o‘xshash bo‘lgan modda bo‘lgan paket aniqlandi. Ular qo‘lga olindi”, - deyiladi xabarda.

Keyinchalik bu ikki yo‘lovchi AQShning Tinchlik korpusi ko‘ngillilari ekani ma’lum bo‘lgan. Ular Jalolobod viloyati Aksi tumanidagi maktablardan birida ingliz tilidan dars berishgan

Ekspertiga xulosasiga ko‘ra, musodara qilingan paketda 1 kg 26 gramm marixuana bo‘lgan. Ulardan biri giyohvand moddalari unga tegishli ekanini tan olgan.

Hozirda Toktogul tuman sudi qarori binoan aybini tan olgan amerikalik tergov hibsxonasiga joylashtirilgan, sherigi esa qo‘yib yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0