Tramp advokati: qo‘limda Kiyev AQSh prezidenti saylovlariga aralashganini isbotlovchi dalil bor

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishZdanie MIDa Ukraini s natsionalnim flagom Ukraini i flagom YeS
Zdanie MIDa Ukraini s natsionalnim flagom Ukraini i flagom YeS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Trampning advokati Rudi Juliani Ukraina 2016-yilgi AQSh prezidenti saylovlariga aralashganini isbotlovchi dalillari borligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampning advokati Rudi Juliani Ukraina 2016-yilgi AQSh prezidenti saylovlariga aralashganini isbotlovchi dalillari borligini ma’lum qildi.

Tramp xochet vernut Rossiyu v sostav Bolshoy vosmerki - video - Sputnik O‘zbekiston
Oq uy Tramp va Zelenskiy muloqotini e’lon qildi

“Vijdonlilar uchun saboq. Hech qachon mishlarga asoslanib birovni ayblamang. Ukrainani 2016-yilgi saylovlarga noqonuniy aralashganda gumon qilishganda men bu ishni qilmagan edim. Men buni bevosita isbotlovchi ma’lumot, videoyozuv va hujjatlarni oldim. Tomosha qiling va kuting!”, - deya yozgan Juliani o‘z tvitterida.

Juliani payshanba kuni CNN telekanaliga bergan intervusida AQSh razvedkasi ayblovlarini "safsata" deb hisoblashini ma’lum qilgan edi. AQSh razvedkasining aybloviga ko‘ra, u AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden va uning oilasini tergov qilish uchun Ukrainaga bosim o‘tkazish sa’y-harakatlariga jalb qilingan.

Avvvalroq AQSh Maxsus prokuror Robert Muller Donald Tramp va uning xodimlari 2016-yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan til biriktirganini isbotlovchi dalillarni topa olmagan edi.

Yangiliklar lentasi
0