TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Oq uy AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning 25-iyulda bo‘lib o‘tgan suhbatini e’lon qildi.
Aynan ushbu suhbat AQShda Donald Tramp impichmentiga asos qilib ko‘rsatilayotgan edi.
Ukrainalik hamkasbi bilan suhbatda Tramp Zelenskiy va Ukraina bosh prokurori“Bayden ishi”ni o‘rganganida “ajoyib bo‘lardi”, deb aytgan.
O‘z navbatida Zelenskiy Ukraina yangi bosh prokurori ushbu vaziyatni ko‘rib chiqishini va’da qilgan. U Trampdan “Bayden ishi” yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishni iltimos qilgan.
“Bu ishni tergov qilish masalasi haqiqatan ham haqiqatni tiklashdan iborat, shuning uchun biz bu ish bilan shug‘ullanamiz", - degan Ukraina prezidenti.
E’lon qilingan suhbat matnidan ko‘rinib turibdiki, ushbu suhbatda Tramp va Zelenskiy AQSh tomonidan Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatishni muhokama qilmagan.
Avvalroq OAVda Amerika yetakchisi Ukrainadagi respublikachilar nomzodi Jo Baydenning o‘g‘li faoliyatini tekshirish evaziga Kiyevga mablag‘ ajratishni to‘xtatgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Trampning o‘zi bu taxminlarni darhol rad etgan edi.