Ishtixonda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

© Gosudarstvennaya slujba pojarnoy bezopasnosti RUV Samarkandskoy oblasti sgorel produktoviy magazin
V Samarkandskoy oblasti sgorel produktoviy magazin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘indan do‘konning 55 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inni taxminiy sababi, elektr simlaridagi qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

TOShKENT, 27 sen - Sputnik. Samarqand viloyatida oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi.

DOXX xabarida qayd etilishicha, Ishtixon tumani Ishtixon mahallasida joylashgan “Yakka tartibdagi tadbirkor U.Mamashev”ga tegishli oziq-ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

V Margilane proizoshel pojar so smertelnim isxodom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yil boshidan buyon yong‘inda halok bo‘lganlar soni ochiqlandi

Voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 6 daqiqada yetib borgan. Yong‘in soat 01:12 da o‘rab olinib, soat 01:35 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida do‘konning 35 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘indan do‘konning 55 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inni taxminiy sababi, elektr simlaridagi qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0