O‘zbekistonda yil boshidan buyon yong‘inda halok bo‘lganlar soni ochiqlandi

© MChS UzbekistanaV Margilane proizoshel pojar so smertelnim isxodom
V Margilane proizoshel pojar so smertelnim isxodom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat yong‘in xavfsizlik xizmati respublikada 2019-yilning o‘tgan 8 oyi mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar statistikasini e’lon qildi.

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Davlat yong‘in xavfsizlik xizmati respublikada 2019-yilning o‘tgan 8 oyi mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar statistikasini e’lon qildi.

Pojar. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Marg‘ilondagi yong‘inda nogiron ayol tiriklayin yonib ketdi

Statistikada keltirilishicha, yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2019-yilning o‘tgan 8 oyi davomida o‘tkazilgan profilaktik ishlari natijasida 14684 ta bino va inshootlarda yong‘in kelib chiqish xavfi oldi olingan. Sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish vaqtida ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida 27 nafar insonlar qutqarilgan, 462 bosh uy xayvonlari, 99 xil texnikalar, 182 mlrd. so‘mdan ziyod bino va inshootlar qurilmalari va 78 mlrd. so‘mdan ortiq moddiy boyliklar saqlanib qolingan.

Respublika hududida jami 7439 ta yong‘inlar qayd etilib, ushbu yong‘inlarda 76 nafar inson halok bo‘lgan va 208 nafar kishi tan jarohati olgan. Jami sodir bo‘lgan yong‘inlarning 68,7 foizi aholi yashash joylarida, 12,6 foizi tadbirkorlik subyektlari obyektlarida, 5,7 foizi transport vositalarida va 1,6 foizi davlat tasarrufidagi obyektlarida yuzaga kelgan.

Sotrudnik MChS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik O‘zbekiston
Nazoratsiz qoldirilgan bolalar uyni yoqib yuborishi oqibatida 11 yoshli bola halok bo‘ldi

Yong‘inlarning 37,9 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 30,4 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi, 12,2 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish, 9,4 foizi bolalarning sho‘xligi va 4,1 foizi transport vositalaridan foydalanish va tuzilishi qoidalarining buzilishidan sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolarning yong‘in xavfsizligini ta’minlashga oid bilim ko‘niklamalariga ega bo‘lib borishi natijasida 2019-yilning o‘tgan 8 oyi davomida sodir bo‘lgan yong‘inlar, 2018-yilning mos davriga nisbatan 309 taga, yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lishi 14 taga va tan jarohati olishi 45 taga kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0