Bekobodda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlandi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishMeditsinskaya sestra proverayet kapelnitsu. Arxivnoe foto
Meditsinskaya sestra proverayet kapelnitsu. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur holat buyicha ichki ishlar va prokuratura idoralari tomonidan tegishli teshiruv ishlari olib borilmokda.

TOShKENT, 27 sen — Sputnik.  Toshkent viloyati Bekobod shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatdan zaharlanish holati sodir bo‘ldi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar qilishicha, 27-sentabr kuni 09:30 larda Bekobod shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari 2 nafar tarbiyalanuvchi o‘zini noxush his qilayotganini sezishgan.

Zudlik bilan bolalar mutaxassis shifokor ko‘rigidan o‘tkazilgan. Tibbiy tekshiruv davomida ularga ovqatdan zaharlanish to‘g‘risidagi dastlabki tashxis qo‘yilgan.

Xolodnaya voda iz krana - Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryodagi bog‘chada 23 nafar bola zaharlandi

Qayd etilishicha, o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida muassasaning qolgan barcha tarbiyalanuvchilari tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv mobaynida yana 9 nafar bolada ovqatdan zaharlanish ehtimoli aniqlangan. Ayni paytda ular shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Hozirgi vaqtda bolalarning ahvoli qoniqarli, vaziyat shifokorlarning qat’iy nazorati ostida.

Mazkur holat bo‘yicha ichki ishlar va prokuratura idoralari tomonidan tegishli tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Bog‘cha mudirasi bolalarga iste’molga yaroqsiz suvni bergan

Qayd etish joizki, Bekoboddagi 8-sonli bog‘chada o‘tgan yili ovqatdan zaharlanish holati qayd etilgan edi. O‘shanda muassasasidagi 59 nafar tarbiyalanuvchi va 3 xodim ovqatdan zaharlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0