Adliya vazirligi yerlarni musodara qilish va kompensatsiya to‘lashning yangi tartibini kiritmoqda

Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasining ushbu qaror loyihasiga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlarining buzilishi borasidagi qarorlar, endilikda, musodara qilinayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektining egasiga uning to‘liq kompensatsiyasi taqdim etilgandan keyingina ruxsat beriladi.

TOShKENT. 24 sent – Sputnik.  Respublikada xususiy mulk egalaridan yer uchastkalarini musodara qilishning yangi tartibi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, jamoat muhokamasiga qo‘yildi. Loyiha Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan.

Snos domov  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk obyektlarini buzish ishlari 3 bosqichda amalga oshiriladi

Hujjatda qayd etilishicha, investitsion loyihalarning amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini musodara qilish to‘g‘risidagi xulosalar O‘zbekiston Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, loyihada ko‘rsatilishicha, mulk egasiga uning buzilgan ko‘chmas mulk obyekti o‘rniga vaqtincha foydalanishga berilgan tegishli ko‘chmas mulk obyektining taqdim etilgan kundan e’tiboran 24 oydan oshmasligi zarur.

Ushbu muddat kechiktirilgan holatda, obyektning buzilishida tashabbuskor bo‘lib chiqqan taraf  buzilgan ko‘chmas mulk obyekti egasiga - mulk qiymatining 0,01 foizini muddatidan o‘tgan har bir kun uchun jarima to‘lashga majburdir. Shu o‘rinda, loyihada ta’kidlanishicha, ushbu ko‘rsatkich buzilgan obyekt qiymatining 50 foizidan oshmasligi zarur.

Hujjat 6-oktabrga qadar muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0