TOShKENT, 17 sen - Sputnik. Ucell va Uzmobile uyali aloqa operatorlari Toshkentda 5G avlodli aloqa tarmog‘ini ishga tushirdi, deb xabar qilishdi kompaniyalar matbuot xizmatlari.
Beshinchi avlod aloqa texnologiyalarini ishga tushirish – ulkan miqdorda abonentlarga ega bo‘lgan tarmoqlarni nazorat qilish va boshqarish, internet tarmog‘iga ulangan buyumlar (IoT) xizmatlaridan foydalanishni nazarda tutadi.
Yangi turdagi tarmoq abonentlarga internetga 1Gbit/soniya tezligi bilan kirish va bitta baza stansiyasidan bir vaqtning o‘zida juda ko‘p abonentlarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Shuning uchun ham bunday texnologiyalarni odamlar gavjum bo‘lgan joylarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Internetda 5G avlod aloqa texnologiyasini sinovdan o‘tkazish videosi paydo bo‘ldi. Unda baza stansiyasi va moslama orasida 1 376 Mbit/c tezlikda aloqa o‘rnatildi.