101 mard o‘zbek jasoratini targ‘ib etish ishlariga Rossiya ham qo‘shildi

© Sputnik / Izrail OzerskiyKadri fotoxroniki Vtoroy mirovoy voyni
Kadri fotoxroniki Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda Rossiya tomoniga Anvar Irgashev va Yuliya Medvedkovskayaning "101" asari taqdim etilgan va ushbu kitobning taqdimot marosimini birgalikda o‘tkazish borasida kelishib olingan

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Belgiyada Ikkinchi jahon urushida 101 nafar o‘zbekistonlik jangchi-askarlar ko‘rsatgan mardonavorlik bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Adolf Gitler - Sputnik O‘zbekiston
Gitlerning ulkan rejasini barbod qilgan 101 o‘zbek haqida yangi tafsilotlar

2019 yilning 30-avgust kuni Benilyuks davlatlaridagi O‘zbekiston elchisi Dilor Hakimov Niderlandlardagi Rossiya elchisi Aleksandr Shulgin bilan Yevropa jamoatchiligini Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik jangchilar tomonidan ko‘rsatilgan qahramonliklar to‘g‘risida keng xabardor etish masalalari borasida hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha muloqot olib bordi.

Muzokaralar davomida Aleksandr Shulgin O‘zbekistonda urushda qatnashgan qahramonlar xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Bunday ishlar ko‘lami, ayniqsa, oxirgi 2-3 yilda keng quloch yozganini ta’kidladi.

Uchrashuvda Rossiya tomoniga Anvar Irgashev va Yuliya Medvedkovskayaning "101" asari taqdim etildi va ushbu kitob taqdimot marosimini birgalikda o‘tkazish borasida kelishib olingan. Tadbir doirasida o‘zbek askarlarining jasoratiga bag‘ishlangan turli tarixiy materiallar namoyishi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan G‘alabaning 75-yilligini MDH ishtirokchi-davlatlari diplomatik missiyalari, shuningdek, Niderland hukumatini jalb etish orqali birgalikda tantana qilish yuzasidan qiziqish bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1942 yilning 9-aprel sanasida "101"-otradning qahramon o‘zbek-jangchilari Amersfort konslageri yaqinidagi o‘rmonzorda otib tashlangan. Otuv hukmi "mutlaqo maxfiy" grifi ostida o‘tgan, unda faqatgina konslager ofitserlari ishtirok etishgan. O‘qqa tutilishini bilgan qahramon-o‘zbeklar oliy jazo amalga oshiriladigan joyga boshlarini baland ko‘targan holda, sinmagan ruh bilan Vatan haqidagi qo‘shiqni baralla kuylab borganlar...

Yangiliklar lentasi
0