AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

© Sputnik / Aleksey Agarishev / Mediabankka o‘tishMinisterstvo finansov v Vashingtone
Ministerstvo finansov v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular Suriyaga aviatsiya yoqilg‘isini yetkazib berish bo‘yicha sxemani yaratgan va bu bilan Damashq bo‘yicha sanksiyalar rejimini buzgan.

TOShKENT, 26 sen - Sputnik. AQSh Rossiya kompaniyasiga, shuningdek, uch nafar fuqaro va beshta kemaga qarshi cheklovlar kiritdi.

ZRK S-400 - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston AQShning sanksiya qo‘llash tahdidiga javob berdi

Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular Suriyaga aviatsiya yoqilg‘isini yetkazib berish bo‘yicha sxemani yaratgan va bu bilan Damashq bo‘yicha sanksiyalar rejimini buzgan. Bu haqda amerika idorasi reliziga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Bugun AQSh moliya vazirligi chet el aktivlari ustidan nazorat boshqarmasi (OFAC) bitta tashkilot, uch kishi va Suriyada faoliyat yurituvchi Rossiya harbiy kuchlariga aviayoqilg‘i yetkazishni yengillashtirishga qaratilgan sanksiyalardan bosh tortish sxemasida ishtirok etgan besh kemaga qarshisanksiya kiritdi", - deyiladi xabarda.

Unda gap Rossiya kompaniyalari, tashkilotlari va kemalari haqida borayotgani qayd etib o‘tilgan.

Xususan, "Transpetrochart"ga tegishli OT-2077, "Passat", "Sig", "Sudak" va "Yaz" kemalari sanksiya ostida qolgan.

Moskva AQShning yangi sanksiyalarini mutlaqo nomaqbul, deb hisoblaydi.

Sal oldin Sputnik radiosi AQSh Erondan neft transportirovka qilgani uchun Xitoyga qarshi yangi sanksiyalar kiritayotgani haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0