Hindiston AQShning sanksiya qo‘llash tahdidiga javob berdi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishZRK S-400
ZRK S-400 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Hindiston S-400 majmualarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani imzolashdi.

TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Hindiston hukumati Rossiyadan S-400 sotib olinishi ortidan mamlakatga nisbatan AQSh sanksiya qo‘llashi mumkinligini tushunib turibti. Bu haqda Hindiston armiyasi shtabi rahbari, general Ravat Bipin ma’lum qildi.

Istrebitel MiG-21 - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston Rossiyaga harbiy MiG-21 samolyotlarini sovg‘a qiladi

“Biroq biz mustaqil siyosat yuritamiz”, - deb alohida ta’kidladi armiya rahbari.

General so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga Nyu-Deli va Vashington o‘rtasida aloqalar mustahkamlanishidan “bezovta bo‘lish kerak emas”.

“Sanksiyalarni muhokama qilayotgan paytda, kelgusida Amerika tomonidan qiyinchiliklar bo‘lishiga qaramasdan, Vladimir Putin va Narendra Modi S-400 majmualarni sotib olish bo‘yicha shartnomani imzolashmoqda”, - deb qo‘shimcha qildi general.

Rossiya va Hindiston aloqalari

Juma kuni Rossiya va Hindiston S-400 majmualarini yetkazib berish bo‘yicha 5,43 millard dollarlik shartnomani imzolashdi. Hindiston Xitoy va Turkiyadan so‘ng  “Trium” zenit majmualarini sotib olgan uchinchi mamlakat hisoblanadi.

AQSh Hindistonning rejalaridan tashvishlanib, sanksiyalar kiritilishini istisno qilmagandi.

Rossiya va Hindiston – harbiy-texnika sohasida yirik sherik bo‘lgan mamlakatlardir: Hindiston armiyasi harbiy texnikasining 70 foizi Rossiyadan ishlab chiqarilgan. Rossiya har yilish Hindistonga milliard dollarlik texnika va qurol yarog‘ yetkazib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0