O‘zbekistonda birinchi valyuta almashtiruvchi bankomat ishga tushdi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishRabota Sberbanka
Rabota Sberbanka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda bankomat dollarni so‘mga almashtirib berishi mumkin. Yaqin orada bankomatda yevro va rubl ham almashtirish mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Toshkentda 15-yanvar kuni birinchi valyuta almashtiruvchi bankomat ishga tushdi, deb xabar qilmoqda glob.uz sayti.

Ushbu xizmatdan fuqarolar va mehmonlar naqd valyutani so‘mga ayrboshlash uchun foydalanishlari mumkin. Almashtirilayotgan valyuta miqdori uchun hech qanday cheklov yo‘q.

Ayni damda bankomat dollarni so‘mga almashtirib berishi mumkin. Yaqin orada bankomatda yevro va rubl ham almashtirish mumkin bo‘ladi.

Bankomat Toshkentning Yashnobod tumani Maxtumkuli ko‘chasi 2a manzilida Asia Alliance Bank ofisida joylashgan va 24 soat davomida uzuluksiz ishlaydi.

Bankomat GlobUz – yagona protsessing markazi Asia Alliance Bank hamkorligi natijasida ishga tushirilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yaqin orada bankining barcha filiallari va odam gavjum joylar ushbu kabi bankomatlar bilan jihozhlanadi.

Yangiliklar lentasi
0