Usmonzoda: Tojikiston Markaziy Osiyoga elektr energiyasini eksport qilishga tayyor

Obuna bo‘lish
Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda Tojikiston oldida energetika sohasida qanday maqsad va vazifalar turganini aytdi.

Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda Energetika investitsion forumida (EIF) Tojikiston elektr elektr energiyasini eksport qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Vazir Tojikistonda 96 foiz elektr energiyasi gidroelektrostansiyalarida ishlab chiqarilishini eslatib o‘tdi.

Zamministra energetiki Uzbekistana Sherzod Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo yagona energiya halqasi qachon ishga tushiriladi - Xodjayev javobi

U Tojikiston Markaziy va Janubiy Osiyo tarmoqlarini ulash chegarasida juda qulay joyga ekanligini tushuntirdi.

O‘tgan yili O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatiga 1,4 milliard kVt/soat elektr energiyasi eksport qilingan. 2019-yilda 8 oy davomida esa 1,2 milliard kVt/soat elektr energiyasi eksport qilingan.

“May oyidan boshlab oktabr oyi oxiriga qadar Tojikiston Afg‘onistonga elektr energiyasini eksport qilmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi Usmonzoda.

Shunday qilib, Markaziy Osiyo mamlakatlari energiya halqasini yaratishga kelishib olishdi. Joriy yil yakuniga qadar O‘zbekistonning eng yirik podstansiyalaridan biri bo‘lmish “Guzar” Tojikistonning yirik podstansiyasi “Regar” bilan bog‘lanadi.

O‘zbekiston Energetika vazirining o‘rinbosari Sherzod Xodjayevga ko‘ra, O‘zbekiston mintaqaviy energiya halqasini ishga tushirish uchun harakat qilmoqda va bu loyiha 2023-yilga kelib amalga oshishi mumkin.

Usmonzoda rasskazal o gotovnosti Tadjikistana k eksportu elektroenergii v SA
Yangiliklar lentasi
0