AQSh kongressi Trampga nisbatan impichment jarayonini boshlamoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Yaponiyu dlya uchastiya v sammite "Gruppi dvadsati"
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Yaponiyu dlya uchastiya v sammite Gruppi dvadsati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Men bugun shuni e’lon qilamanki, vakillar palatasi bugun impichment (doirasida) rasmiy tekshiruvni boshlamoqda", - deb aytgan Pelosi maxsus murojaat davomida

TOShKENT, 25 sen - Sputnik. AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri demokrat Nensi Pelosi kongress prezident Donald Trampga qarshi impichment jarayonini boshlayotganini ma’lum qildi.

Beliy dom. Vashington - Sputnik O‘zbekiston
Trampning advokati: impichment ro‘y bersa, amerika xalqi qo‘zg‘olon ko‘taradi

"Men bugun shuni e’lon qilamanki, vakillar palatasi bugun impichment (doirasida) rasmiy tekshiruvni boshlamoqda", - deb aytgan Pelosi maxsus murojaat davomida.

Ayol so‘zlariga ko‘ra, Trampning harakatlari "u prezident lavozimi, milliy xavfsizlik va saylovlar yaxlitligiga xoinlik qilganligiga" ishora qilmoqda.

Pelosi o‘z chiqishini yakunlagach, jurnalistlar savollariga javob berishdan bosh tortgan.

Pelosi Tramp impichmentiga uning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muloqotini asos qilib ko‘rsatmoqda, go‘yki Tramp bu muloqot davomida Xanter Bayden - AQSh prezidentligiga nomzod Jo Baydenning o‘g‘liga qarshi surishtiruv ishlarini boshlashni talab qilgan. Demokratlar aynan mana shunda "saylovlar yaxlitligi buzilganligini" ko‘rishmoqda.

Sal oldin AQSh vakillar palatasi a’zosi Jon Lyuis palata majlisida chiqish qila turib Trampga qarshi rasman impichment jarayonini boshlashga chaqirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0