TIV Chimkentda o‘zbekistonlik talabalarning kaltaklanayotgani yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMujchina pokazivayet razbitiy kulak, arxivnoe foto
Mujchina pokazivayet razbitiy kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Chimkentdagi Akademik-innovatsion universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar mahalliy aholining tazyiqiga uchrayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. O‘zbekiston TIV Chimkentda o‘zbekistonlik talabalarning kaltaklanayotgani yuzasidan bayonot berdi.

Xabarda yozilishicha,  21 sentabr kuni Chimkentdagi Mintaqaviy ijtimoiy-innovatsion universitetda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev, Chimkent shahar hokimligi vakillari, universitet rektori Sandibay Bo‘ranbayev, Qozog‘iston Xalq assambleyasi raisi o‘rinbosari Sherzod Po‘latov, Qozog‘iston Xalq assambleyasining Chimkent shahri bo‘yicha raisi o‘rinbosari Muradali Xalmuradov, Qozog‘iston o‘zbeklarining "Do‘stlik" etnomadaniy birlashmalari assotsiatsiyasi raisi Ikrom Hoshimjonov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Molitva, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Faqat duo qilishingizni so‘rayman!  - Moskvada komaga tushib qolgan talabaning otasi

Unda Chimkentda ta’lim olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash, qoidabuzarlarga qonuniy choralar ko‘rish va kelajakda noxush hodisalarning oldini olish uchun zarur profilaktika tadbirlarini o‘tkazish borasida ko‘riladigan choralar muhokama qilingan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va Olmaotadagi Bosh konsulxonasi (Chimkent uning konsullik okrugiga kiradi) vaziyatni nazoratga olgan. TIVning topshirig‘iga binoan Bosh konsulxona vakillari Chimkentda bo‘lib turibdi, hudud va universitet rahbariyatlari, o‘zbekistonlik talabalar bilan aloqa o‘rnatilgan. O‘zbekistondan borgan talabalarga ularning diplomatik vakolatxona himoyasida ekanligi tushuntirilgan.

“Barcha mavjud muammolar Chimkent shahri mahalliy hokimiyati bilan birgalikda hal qilinadi. Mahalliy hokimiyat diplomatik vakolatxona faoliyatiga har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Chimkentdagi Akademik-innovatsion universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar mahalliy aholining tazyiqiga uchrayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16.

Yangiliklar lentasi
0