Faqat duo qilishingizni so‘rayman!  - Moskvada komaga tushib qolgan talabaning otasi

© Sputnik Stas EtveshMolitva, arxivnoe foto
Molitva, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada komaga tushib qolgan talaba O‘lmasxonning otasi barchadan uning sog‘ayib ketishi uchun duo qilishni so‘radi.

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Moskvadagi RUDN oliygohining 4-kurs talabasi Baxronov O‘lmasxon Bahodirovich Moskvadagi shifoxonada koma holatiga tushib qolgani haqida oldin xabar bergan edik.

Bugun Sputnik tahririyati O‘lmasxonning otasi Bahodir aka bilan bog‘landi. U kishi aytishiga aytishiga qaraganda O‘lmasxon hozir ham koma holatida. Shifokorlar qo‘llaridan kelganicha yordam berishga urinmoqda.

“Sizlardan faqat bitta iltimos, qo‘lingizdan kelsa o‘g‘lim sog‘ayib ketishi uchun duo qilinglar”, - dedi talabaning otasi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik talaba Baxronov O‘lmasxon Bahodirovich 20-avgust kuni burnidan qon ketishi sababli Moskvadagi 67 kasalxonaga yotqiziladi. 27-avgust kuni esa u reanimatsiya bo‘limiga o‘tkaziladi. Shundan so‘ng uning ahvoli yomonlashib, koma holatiga tushib qoladi.

Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi vakillari ham shifoxonada bo‘lib, vaziyatni nazorat ostiga olishgan. Xususan, ular Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilib, talabaga diagnoz quyish va davolash uchun mutaxassis ajratishni so‘rashgan.

Yangiliklar lentasi
0