Mirziyoyev Rossiyaga qachon tashrif buyurishi ma’lum qilindi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan
Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasida Rossiya Federatsiyasi hukumat raisining birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri Anton Siluanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil boshida Rossiyaga tashrif buyuradi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

O‘zAning xabar qilishicha,  Vazirlar Mahkamasida Rossiya Federatsiyasi hukumat raisining birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri Anton Siluanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat rahbarlarining davlat tashriflari, oliy darajadagi boshqa uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosi, shuningdek, ularni belgilangan muddatlarda va to‘laqonli bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi.

“Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil boshida Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilajak tashrifiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator hujjatlar, jumladan, strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi”, - deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, uchrashuv chog‘ida eng muhim sohalar, xususan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatdorlik va ishonch tamoyillariga asoslangan munosabatlarning yuksak darajasi, shuningdek, uni yanada kengaytirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0