Siyosat

Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka oʻtishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Prezidentning xorijga safariga tayyorgarlik koʻrish masalasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda muhokama qilindi.

Premyer-ministr RF D. Medvedev prinyal uchastiye v Pervom Kaspiyskom ekonomicheskom forume - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Medvedev Aripovga: tez-tez uchrashib turibmiz va bu yaxshi

“Shuningdek, tegishli idoralar va vazirliklar rahbarlari Rossiya Federatsiyasiga yuqori darajadagi tashrifga tayyorgarlik koʻrishda: yuqori rentabellik va milliy iqtisodiyotning kompleks rivojlanishi uchun ahamiyatli yangi loyihaviy takliflarni tayerlash maqsadini ilgari surgan holda oʻzlariga asosiy vazifalarni belgilab oldilar”, - deyiladi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.

Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev Urganch boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston – Rossiya qoʻshma komissiyasining birinchi yigʻilishida mamlakat maqsadlaridan biri Oʻzbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd $ gacha yetkazish ekanini maʼlum qilgan edi.

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Shavkat Mirziyoyevning tashrifi 2019 yil oxirida amalga oshishi mumkinligini taʼkidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0