Sobiq Chorsu mehmonxonasi 1 so‘mga sotilmoqda

© E-auksionBivshaya gostinitsa "Chorsu"
Bivshaya gostinitsa Chorsu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Auksion shartiga ko‘ra, mehmonxonani 1 so‘mga sotib olgan kishi 2-yil ichida 25 million dollar investitsiya kiritishi va 150ta ish o‘rinlari yaratishi kerak.

TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Toshkent qadimiy markazida joylashgan “Chorsu” mehmonxonasi 1 so‘m qiymatda kim oshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqida E-auksion elektro savdo platformasi xabar qilmoqda.

Gostinitsa Chorsu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
“Chorsu” mehmonxonasi endi Demir Group᾽ga qarashli emas

Xabarda aytilishiga ko‘ra, mehmonxona 2-yil ichida 25 million dollar investitsiya kiritish sharti bilan sotilmoqda. Shunindek yangi ochiladigan korxonada 150ta ish o‘rinlari yaratilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 3-yil oldin ushbu binoni turkiyalik biznesmen Axmet Demir sotib olishi haqida e’lon qilingan edi. O‘shanda sarmoyador mehmonxonaga 33 million dollar investitsiya kiritishi va bu yerda 270 o‘rinli 4 yulduzli mehmonxona qurilishi hamda  350ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi haqida xabar berilgan edi. Lekin belgilangan vaqt o‘tib, biznesmen o‘z va’dasini amalga oshirmaganidan so‘ng, ushbu shartnoma yekor qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0