TOShKENT, 5 avg - Sputnik. Tadbirkor Ahmet Demir o‘z vaqtida investitsion majburiyatlarini bajarmadi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qilmoqda.
Endilikda "Chorsu" mehmonxonasi tadbirkorga qarashli emas va qayta sotuvga qo‘yiladi. Bunga Ahmet Demirning oldi-sotdi shartnomasida belgilangan investitsion majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi sabab bo‘lgan.
“Xorijiy korxona tomonidan oldi-sotdi shartnomasida belgilangan majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmagani sababli, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 2-iyuldagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma bekor qilingan”, - deyilada xabarda.
Demir Group “Chorsu” mehmonxona majmuasini hukumat kafolatisiz 33 mln. dollar miqdorida investitsiya kiritish orqali 270 o‘ringa mo‘ljallangan 4 yulduzli mehmonxona majmuasini qurish va 350 ta yangi ish o‘rinini yaratish sharti bilan sotib olgan edi.