Alisher Sultonov: 2030-yilga kelib O‘zbekistonda 25% energiya quyosh va shamoldan olinadi

© Mejdunarodniy press-klubAlisher Sultanov - Predsedatel pravleniya NXK "Uzbekneftegaz"
Alisher Sultanov - Predsedatel pravleniya NXK Uzbekneftegaz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MOMIH mamlakatlarining 2030-yilgacha umumiy energetika strategiyasini ishlab chiqish va BMTning barqaror rivojlanish sohasida "toza energiyadan foydalanishga erishish" haqida gapirilgan yettinchi maqsadiga erishish borasida hamkorlik qilish majburiyatlari aks etgan

TOShKENT, 20 sen - Sputnik. O‘zbekistonning quyosh va shamoldan olinadigan elektr energiyasi bilan bog‘liq ulkan rejalari bor, dedi bugun Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning energetika vazirlari uchrashuvida O‘zbekiston Energetika vaziri Alisher Sultonov.

Zamministra energetiki Uzbekistana Sherzod Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo yagona energiya halqasi qachon ishga tushiriladi - Xodjayev javobi

"Bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ymoqda. O‘zbekiston moliyaviy va ekologik jihatdan barqaror energiya sanoatini rivojlantirish tarafdoridir. Biz o‘z maqsadimizga erishish uchun MOMIH mintaqasining boshqa davlatlari va xalqaro moliya manbalari bilan ishlashdan umidvormiz. 2030-yilga kelib O‘zbekistonda elektr energiya manbalari umumiy quvvatining 25%i quyosh va shamol elektr stansiyalari ulushiga to‘g‘ri kelishi kerak", – dedi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov. 

MOMIH mamlakatlarining 2030-yilgacha umumiy energetika strategiyasini ishlab chiqish va Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish sohasida "toza energiyadan foydalanishga erishish" haqida gapirilgan yettinchi maqsadiga erishish borasida hamkorlik qilish majburiyatlari aks etgan.

Yangi Energetika strategiyasi MOMIH-2030 Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Strategiyaning maqsadi 2030-yilgacha BMTning 2030-yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibiga muvofiq mintaqada ishonchli, barqaror, isloh qilingan energiya bozorlarini yaratishdir.

MOMIH dasturi Osiyo taraqqiyot banki tashabbusi bilan 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish va umumiy rivojlanish maqsadida hamkorlik qilish bo‘yicha 11 mamlakat va hamkorlarning birgalikdagi faoliyatini namoyon etadi. O‘zbekiston, Ozarbayjon, Afg‘onistan, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, Pokiston, XXR, Tojikiston, Turkmaniston mazkur tashkilotning a’zolari hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0